10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari


-mavzu. 1918 – 1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari. (37 ta)



Yüklə 458 Kb.
səhifə15/50
tarix15.01.2022
ölçüsü458 Kb.
#51287
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test

10-mavzu. 1918 – 1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari. (37 ta)

***Qaysi hududda joylashgan davlat Lotin Amerikasi deb atalmaydi.



  1. Janubiy amerika

  2. shimoliy amerikaning janubiy qismi

  3. *shimoliy amerikaning markaziy qismi

  4. karib dengizidagi orollar

  1. Qaysi til lotin tilidan kelib chiqmagan.

  1. Ispan b) Portugal c) *nemis d) fransuz

  1. Bugun xalqaro hujjatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari qanday ataladi.

  1. *Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari b) shimoliy amerika va Karib havzasi mamlakatlari c) janubiy amerika davlatlari d) karib havzasi va amerika qit’asi davlatlari

  1. Nima Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadallashtirdi.

  1. *1-jahon urushi b) iqtisodiy inqiroz c) dengiz savdosining rivoji d) urushda janubiy amerika davlatlarining ishtiroki

  1. 1-jahon urushidan keyingi ahvol qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Yevropadan keladigan tovarlar va kapital oqimi vaqtincha kamaydi.

  2. Ja­hon bozorida mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlarining narxi oshdi.

  3. Narxning oshishi kapitalning jamg‘arilishi, mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, iqtisodning nisbatan barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun imkoniyat yaratdi.

  4. *Agroeksport, tog‘-kon va yengil sanoat tarmoqlari o’ta sust rivojlandi

  1. Urush davrida qaysi davlat shakarining narxi 11 marta oshdi.

  1. *kuba b) venesuela c) meksika d) ekvador

  1. Qaysi davrga kelib ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.

  1. 1920-yillar boshi b) *1920-yillar oxiri c) 1920-yillar o’rtalari d) 1930-yillar boshi

  1. Qachon Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi.

  1. *1920-yillarda b) 1910-yillarda c) 1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. Qachon Lotin Amerikas davlatlarida Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan uzoqda joylashgan ko‘pchilik qismi savodsiz yoki kamsavod bo‘lib, saylovlarda qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‘la olmasdi.

  1. *1920-yillarda b) 1910-yillarda c) 1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. 1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan kimlarning, shuningdek aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi.

  1. Dehqonlar b) savdogarlar c) oligarxlar d) *mahalliy burjuaziya

  1. 1920-yillarda hukumatlar qaysi sohaga katta e’tibor bera boshladilar.

  1. *ijtimoiy b) iqtisodiy c) siyosiy d) madaniy

  1. Qaysi davlatda Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‘lishi mumkin.

  1. Braziliya b) *argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Irigoyen davrida oid xato fikrni toping.

  1. Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi.

  2. Qishloqda kuchli fermerlar qatlami shakllandi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi.

  3. Irigoyen 8 soatlik ish kuni to‘g‘risida qonun qabul qilinishiga erishdi.

  4. *Ish haqi kamaytirildi.

  1. Irigoyen davrida oid to’g’ri fikrni toping.

  1. Ishchi va xizmatchilarning kat­ta qismi uchun sug’urta belgilandi.

  2. O’smirlar, qariyalar va ayollar mehnati cheklandi.

  3. Irigoyen meksikaning milliy suverenitetini qat’iy himoya qildi.

  4. *Qishloqda ijarachilarning ahvoli yaxshilandi.

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi qachon bo’lgan.

  1. *1929-1933-yy b) 1928-1933-yy c) 1928-1932-yy d) 1929-1932-yy

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi oqibati qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Lotin Ameri­kasi mamlakatlarida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning salbiy tomonlarini, iqtisodning tashqi bozorga haddan tashqari qaramligi- ning og‘ir oqibatlarini ochib tashladi.

  2. Inqiroz yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining an’anaviy mahsulotlariga jahon bozorida talab kamayib ketdi.

  3. *O’n minglab plantatsiyalar, zavod va fabrikalar to‘xtab qoldi.

  4. O‘z xaridorini topmagan millionlab tonna qahva, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi.

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi oqibati qaysi javobda noto’g’ri berilgan.

  1. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo‘ldi.

  2. *O’n minglab kishilar ishsiz qoldi.

  3. Mehnatkashlar, aholi o‘rta qatlamining umumiy yashash darajasi yomonlashdi.

  4. Iqtisodiy inqiroz mintaqadagi hukmron rejimlarni jamiyatdagi tayanchidan mahrum qildi, ijtimoiy beqarorlikning o‘sishiga, jiddiy siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi.

  1. Argentinada qachon harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag‘darib tashlandi.

  1. 1927-yil b) 1928-yil c) 1929-yil d) *1930-yil

  1. 1930-yili argentinada hokimyatga kimlar kelgan.

  1. *konservatorlar b) liberallar c) kommunistlar d) oligarxlar

  1. Inqiroz qaysi davlatda hukmronlik qilayotgan «qahva oligarxiyasi»ning pozitsiyasini susaytirdi va bundan muxolifatchi burjua-millatchi doiralar foydalanib qoldi.

  1. *Braziliya b) argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Braziliyada qachon qahva oligarxiyasi ag’darilgan.

  1. 1927-yil b) 1928-yil c) 1929-yil d) *1930-yil

  1. Qaysi davlatda 1930-yil konservativ oligarxiya rejimi o‘rniga liberal-islohotchilar keldi.

  1. Braziliya b) argentina c) kuba d) *kolumbiya

  1. Qaysi davlatlarda 1930-yil ommaviy inqilobiy chiqishlar natijasida inqirozdan sal oldin hokimiyatga kelgan diktatorlik rejimlari ag‘darib tashlandi.

  1. *Chili va Kuba b) Chili va Argentina c) Kuba va Braziliya d) Braziliya va Argentina

  1. 1930-yillarda Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko‘pincha bir-birini almashtirgan turli siyo­siy rejimlar boshqaruv shakliga ko’ra qaysi rejimlar hukmronlik qilishda davom etdilar.

  1. Diktatorlik va liberal b) konstitutsion va millatchi c) *Diktatorlik va konstitutsion d) liberal va millatchi

  1. 1930-yillarda Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko‘pincha bir-birini almashtirgan turli siyo­siy rejimlar ijtimoiy mazmuni bo‘yicha qaysi rejimlar hukmronlik qilishda davom etdilar.

  1. Diktatorlik 2) konservativ 3) liberal- islohotchi 4) konstitutsion 5) millatchi 6) so‘l kuchlar

  1. 1,2,3,4, b) *2,3,5,6, c) 3,4,5,6, d) 1,2,5,6,

  1. 1930-yillarda davlatning iqtisodiy faollashuvi Lotin Amerikasida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan ancha oldinlab ketgan qaysi davlatlar uchun xos jarayon edi.

  1. Argentina 2) Meksika 3) Braziliya 4) Chili 5) Urugvay 6) Kuba 7) Ekvador 8) Venesuela

  1. 1,2,3,6 b) 2,3,6,7 c) 3,6,7,8 d) *1,2,3,4,5

  1. Qachon Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy siyosatida yuz bergan o‘zgarishlar mahalliy ishlab chiqarishning o‘sishi va milliy kapitalning kuchayishiga olib keldi.

  1. 1920-yillarda b) 1910-yillarda c) *1930-yillarda d) 1940-yillarda

  1. Jahon urushlari oralig‘ida Lotin Amerikasi davlatlari uchun muhim muammo ularning qaysi davlat bilan munosabatlari bo‘ldi.

  1. *Aqsh b) Britaniya c) Fransiya d) Ispaniya

  1. Birinchi jahon urushi yillarida Lotin Amerikasiga Yevropa davlatlari e’tiborining susayishidan foydalangan qaysi davlat kapitali Markaziy va Janubiy Amerikaga kirib keldi.

  1. *Aqsh b) Britaniya c) Fransiya d) Ispaniya

  1. Qaysi AQSH prezidenti o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko‘rinishda bu davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini hamda ular bilan «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. *F.Ruzvelt b) V.Vilson c) G.Guver d) K.Kulij

  1. AQSHga qarshi kayfiyatlarning avj olishidan xavfsirab va mintaqada o‘zining ta’sirini oshirish maqsadida qachon AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. 1930-yil b) 1931-yil c) 1932-yil d) *1933-yil

  1. Ishchilar qahvani okeanga tashlamoqda, 1932-yil – qaysi davlatda.

  1. *Braziliya b) argentina c) kuba d) kolumbiya

  1. Lotin Amerikasi mamlakatlarida 1920-yillar oxiriga kelib iqtisodni qanday asosda samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.

  1. Intensiv b) * ekstensiv c) proporsional d) pragmatic

  1. 1933-yilda AQSH prezidenti F. Ruzvelt o‘z huku­matining qaysi hudud davlatlariga «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.

  1. Osiyo b) Yevropa c) Afrika d) *Lotin Amerikasi

  1. Nima Lotin Amerikasiga nisbatan AQSH siyosatining o‘zgarganligini, ekspansiyaning yumshoqroq shakliga o‘tilganligini anglatdi va Amerika qit’asi davlatlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishida ijobiy qadam bo‘ldi.

  1. *«yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari b) iqtisodiy islohotlari c) dollar diplomatiyasi d) vilson tinchlik dasturi

  1. Lotin Amerikasida maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik bu.

  1. *plantatsiya b) kolxoz c) fermer xo’jaligi d) sovxoz

  1. Qaysi atamaning ma’nosi - hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.

  1. Plantatsiya b) * Diktatura c) Ekspansiya d) Byurokratiya

  1. Ekspansiya nima.

  1. maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik.

  2. hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat.

  3. *bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bo- zorini egallab olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati.

  4. xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi.



Yüklə 458 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin