11-sinf ona tili III chorak test
1.“Garchi men butun umrimni Navoiy ijodini o’rganishga baxshida etgan bo’lsamda,bu ummon tubiga yetolgan emasman”-deb kim aytgan edi ?
A.Oybek B.Mirtemir C.Abduqodir Hayitmetov D.Erkin Vohidov
2.Quyidagi qaysi so’zlarda aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar mavjud ?
1.otameros 2.aftodahol 3.kulgi 4.naqarot 5.yugurmoq
A.1.3.5 B.2.3.4 C.1.4.5 D.3.4.5
3.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zni belgilang .
A.Naqorat B.Unuqqan C.Partret D.Uniqqan
4.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi bir xil so’zlarni belgilang.
1.o’tov 2.parashut 3.jo’shqin 4.ovunmoq 5.uchqun 6.tutun
A.1.2.3 B.1.2.5 C.3.4.6 D.4.5.6
5.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi nomuvofiq so’zlarni belgilang.
1.ovunmoq 2.jo’shqin 3.uzangi 4.kometa 5.palata 6.tutun
A.1.4.6 B.1.3.5 C.4.5.6 D.1.4.5
6.Qizdir,susay,pasay,fikriy,sana,toychoq,tadbirkor .
Fonetik hodisaga uchragan so’zlar nechta ?
A.6 B. 5 C.4 D.7
7.Noto’g’ri yozilgan so’zni belgilang.
A.Temiryo’l B.So’zboshi C.Katta-yu kichik D.Sassiqpopishak
8.Evfemizm,disfemizm so’zlari qaysi tildan olingan ?
A.Lotin B.Ingliz C.Grek D.Fransuz
9.Ot turkumiga oid ma’nodosh so’zlar juftligini toping.
A.Tabassum-yig’i B.Husn-go’zal C.Sovg’a-tuhfa D.Tantiqlik-saxiylik
10.-Bu bog’ni kim barpo qilibdi o’zi---Biz-da xo’jayin,qo’ldan kelgancha.Olmoshning qanday uslubiy vazifa bajaryotganligini aniqlang.
A.Kamtarlik,ta’kid B.Hurmatsizlik C.Kesatiq,manmanlik D.Uslubiy vazifa bajarmagan.
11Mehnatsiz bir nafas yo’q,biz-ilhomga shaydoyi.
Misralar muallifi kim ?
A.Mirtemir B.Asqad Muxtor C.Omon Matjon D.Usmon Nosir
12.Urg’u olmaydigan shakllar qaysi javobda ko’rsatilgan ?
A.Egalik,ravish darajalari B.Fe’lning bo’lishsiz shakllari,bog’lamalar
C.Shaxs-son qo’shimchalari ,egalik D.Fe’l mayl qo’shimchalari,daraja –shakllari
13.Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so’z birikmasi ham bo’lib kela oladi ?
A.Ishtahasi karnay B.Dilidan o’tkazmoq C.Yostig’ini quritmoq D.Ko’nglida kiri yo’q
14.Qaysi javobda to’ldiruvchi vazifasidagi so’zda paronim bilan bog’liq xatolik bor ?
A.Bu bebaho ganjni ko’z qorachig’iday asrayman.B.Sozanda tamburni sozlash uchun qo’liga oldi.
C.Kimki birovga choh qazisa,unga o’zi yiqiladi. D.Bu sur’at meni ajoyib bolalik yillarimga yetakladi.
15.Barcha so’zlar o’zaro sinonim bo’lgan yasama fe’llarni toping.
A.Tortiq,sovg’a,tuhfa B.Hiringlamoq,kulmoq,qah-qah otmoq
C.Chopmoq,yelmoq,yugurmoq D.Shivirlamoq,so’zlamoq,gapirmoq
Test 11-sinf adabiyot III chorak
1. Abdurauf Fitratning she'riy to'plami nomi keltirilgan qatorni toping.
A) "Sayha" B) "Munozara"
C) "Qiyomat" D) "Hind sayyohi bayonoti"
2. Fitratning "Abulfayzxon" dramasida kim "... podshohlik qon bilan sug'oriladigan bir og'ochdir. Qon oqib turmag'an yerda bu og'ochning qurib qolishi aniqdir" deb aytadi?
A) Qozi Nizom B) Mir Vafo C) Davlat D) Ulfat
3. Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarida kimga nisbatan "kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna" deya ta'rif berilgan?
A) Mirzakarimboy B) Eshon C) Razzoq so'fi D) Qurvonbibi
4. Cho'lponning hikoyalari berilgan qatorni toping.
A) "Qurvoni jaholat", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz", "Oydin kechalarda"
B) "Qurvoni jaholat", "Qor qo'ynida lola", "Kecha va kunduz"
C) "Yorqinoy", "Halil farang", "Oydin kechalarda"
D) "Oydin kechalarda", "Kecha va kunduz", "Yorqinoy"
5. Har bir narsa yaqindir menga,
Har bir narsa menga qadrdon.
Qarab qoldingizmi yo'limga
Issiq nonlar uzib tandirdan?
Misralar muallifini toping.
A) Erkin Vohidov B) Rauf Parfi C) Abdulla Oripov D) Usmon Nosir
6. "Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o'zbek adabiyoti darg'alari duosini olgan, o'z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san'atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko'rmaydi". Shoir haqidagi ushbu fikr muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Abdug'afur Rasulov C) Umarali Normatov D) Naim Karimov
7. Onajonim,
Menga bu kun
Sendan o'zga dilgoh yo'q.
Zindondaman,
Bilmam, nechun,
Menda zarra gunoh yo'q.
Ushbu she'riy parcha "Ruhlar isyoni" dostoning qaysi qismidan olingan?
A) Ozodlik B) Isyon qo'shig'i
C) G'alayon D) Tutqunlikda
8. ....... bu dunyoda yetmish besh yil yashadi, ammo o'ttiz ikki yoshida bu dunyoni tashladi. Nuqtalar o'rniga kerakli ismni qo'ying ("Ruhlar isyoni").
A) Hijron B) Hukm
C) Nazrul Islom D) Isyon
9. Quyoshni zambarakka, uning zarrin nurlarini o'qlarga qiyoslagan shoir kim?
A) E.Vohidov B) Rauf Parfi C) A.Oripov D) Usmon Nosir
10. Rauf Parfining birinchi kitobi?
A) "Karvon yo'li" B) "Yoz kechasi" C) "Tong otmoqda" D) "Yurak"
Dostları ilə paylaş: |