6-sinf ona tili III chorak 1. Yubormoq, tashlamoq ko`makchi fe’llari qanday harakat ma’nosini ifodalaydi?
A.Harakatning davomiyligini B. Harakatning tez va oson bajarilishini
C. Yakunlanganini D. Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligini
2. Ot va sifatdan fe’l yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A. –illa, -ira B. –(a)y, -i, -sira, -sa C. -(a)r, -illia, -sira D. –in, -il, -tir
3. Sodda yasama fe’llar berilgan qatorni aniqlang.
A. Achchiqlamoq B. Yurmoq C. Bunyod qilmoq D. Sindi-qoldi
4. Nutqiy faoliyat fe’llari qaysi qatordagi gapda qo`llangan?
A. Bola qiyqirib kular edi B. men ular bilan to`rt marta gaplashdim
C. Onaning ko`zlari ohista yumildi
D. Chegarachilar doimo sergak bo`lmog`i zarur
5. Fe’llarning munosabat shakllarini aniqlang.
A. Fe’l yasovchi qo`shimchalari B. Fe’l nisbat va egalik qo`shimchalari
C. Zamon, mayl, shaxs qo`shimchalari
D. Fe’llarda munosabat shakllari mavjud emas
6. -b (-ib) qo`shimchasi bilan yasalgan o`tgan zamon shakli qanday ish-harakatni ifodalaydi?
A. So`zlovchining o`zi ko`rgan ish-harakati
B. Harakatning ilgariroq bajarilgani C. Hozir ro`y berayotgan ish-harakatni
D. Ilgari ro`y bergan harakatning so`zlovchi tomonidan eshitib bilganini
7. Fe’llarning mayl shakli qaysi javobda noto`g`ri berilgan?
A. Xabar В. Majhul C. Buyruq-istak Mayli D. Shart
8. Otlarning tuzilishiga kura turi to‘g‘ri berilgan?
A. Juft otlar B. Narsa-buyum otlari C. O‘rin-joy otlari D. Shaxs otlari
9. Qanday qo‘shma otlar bar doim qo‘shib yoziladi?
A. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar
B. Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar
C. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli asoslardan tarkib topgan otlar
D. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan bo‘laklar
10. Faoliyat-jarayon otlari berilgan qatorni aniqlang.
A. Jarlik, bog‘bon, soylik B. Buloq, saylov, dorvoz
C. Dehqonchilik, uzumchilik, tintuv D. Daryo, tepalik, somsapaz