8-sinf ona tili III chorak test topshiriqlari 1. Shu kuni elektr simlari bo'ronda uzildi. Gap bo'laklari to'g'ri tahlil qilingan javobni toping.
A) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim B) hol, ega, to'ldiruvchi, kesim
C) hol, aniqlovchi, ega, hol, kesim D) hol, aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim
2. Men har doim yaxshi o`qiyman. Gapda qaysi bo`lak qatnashmagan?
A) kesim B) to„ldiruvchi C) ega D) hol
3. Quyida keltirilgan gapda son qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
Yurak shod, go 'yo ikki qush ko 'kka parvoz qilish oldida qanot yozgandek.
A) aniqlovchi B) ega C) hol D) to'ldiruvchi
4. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi sintaktik bo'laklar tartibi to'g'ri ko'rsatilgan?
Urush boshlanganda u hali ko'krakdan ajralmagan go'dak edi.
A) ega, payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
B) payt holi, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
C) payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, kesim
D) ega, kesim, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
5. Qaysi gapda ikkita payt va bitta o'rin holi qo'llangan?
A) Kecha Salimalarnikiga bordim, ko'pdan beri bormagan edim.
B) Avtobus qosh qorayganda shaharga kirib keldi.
C) Tokchadagi chiroq hamon ojiz lipillar, tepamda oyim, bobom, Komil tabib engashib turishardi.
D) Ertalab tog'ning etagiga kelib, bir choyxona yonida to'xtadik.
6. Berilgan gapdagi gap bo‟laklarining joylashish tartibi to‟g‟ri ko‟rsatilgan javobni aniqlang.
Shu paytda mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi.
A) hol, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim B) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim
C) hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim D) hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim 7. Qaysi javobda keltirilgan gapda sabab, daraja-miqdor, maqsad va o‟rin holi ishtirok etgan?
A) Bog‟bon charchaganidan bir chimdim uxlash uchun uyga kirdi.
B) Do‟stining dov-daragini surishtirish uchun sizni izlab keldi.
C) Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo‟ldi baqirib yig‟lab yubordi
8. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
B) Besh-olti keksa yig‟ilib maslahat qilishdi.
C) Ko‟cha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi eshitildi. D) Aytilgan so‟z – otilgan o‟q
9. Qaysi maqolda aniqlovchining ikki turi ishtirok etgan? A) Aytilgan so‟z – otilgan o‟q. B) Yolg‟iz otning changi chiqmas, Changi chiqsa ham, dong‟i chiqmas.
C) O‟ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. D) Vataning tinch – sen tinch! 10. Qaysi gap hol, hol va kesim bo‟laklaridan iborat shaxsi noma‟lum gap sanaladi?
A) Dam olish kuni tog‟ga borishimiz kerak. B) Yo‟lda ukam menga to‟g‟ri keldi.
C) Yo‟lda biroz to‟xtashga to‟g‟ri keldi. D) Chilyosin qildirishga ham to‟g‟ri keldi.