Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi



Yüklə 97,06 Kb.
səhifə1/15
tarix09.06.2023
ölçüsü97,06 Kb.
#127912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ona tili va bolalar adabiyoti mus ishlar (1)


Mavzu .Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi.

  1. Aniqlovchi
    a) Sifatlovchi aniqlovchi
    b) Qaratqich aniqlovchi
    c) Izohlovchi
    2. To‘ldiruvchi
    a) Vositasiz to‘ldiruvchi
    b) Vositali to‘ldiruvchi

    GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI


    Aniqlovchi
    Predmet ma’nosini bildiruvchi so‘zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lakka aniqlovchi deyiladi.
    Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
    1. Sifatlovchi aniqlovchi
    Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo‘lakka odatda bitishuv yo‘li bilan bog‘lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o‘ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
    Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi.
    Sifatlovchi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.

  2. Ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasida kelgan predmetni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak aniqlovchi hisoblanadi. Masalan, Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin gapida nima tarqaladi? so‘rog‘iga shakar qovunlarning mayin hidlari birikmasi javob bo‘ladi. Demak, bu birikmaning hammasi yaxlit holda birikmali ega vazifasida keladi. Birikmali ega, o‘z navbatida, aniqlovchi va aniqlanmish qismlariga bo‘linadi: shakar qovunlarning (qaratqich aniqlovchi) mayin hidlari (aniqlanmish). Qaratqich aniqlovchi ham, aniqlanmish ham birikmali bo‘lib, ular sifatlovchi va sifatlanmishlardan tashkil topgan. Shakar (sifatlovchi) qovunlarning (sifatlanmish), mayin (sifatlovchi) hidlari (sifatlanmish).

Aniqlovchilar sifat, olmosh va sifatdoshlar bilan ifodalanadi. Aniqlovchilar predmetning qanday belgisini ifodalashiga ko‘ra uch turli bo‘ladi:
a) sifatlovchi aniqlovchilar;
b)qaratqich aniqlovchilar;
d) izohlovchi aniqlovchilar.


Yüklə 97,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin