Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi



Yüklə 97,06 Kb.
səhifə9/15
tarix09.06.2023
ölçüsü97,06 Kb.
#127912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
ona tili va bolalar adabiyoti mus ishlar (1)

Bog`langan qo`shma gap
Qismlarining o`zaro teng aloqaga kirishuvidan tuziladigan gap bog`langan qo`shma gap deyiladi. Bog`langan qo`shma gap qismlari o`zaro biriktiruv bog`lovchilari (va, hamda, ham), zidlov bog`lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog`lovchilari (yo, yoki, yohud, dam... dam, goh... goh, ba’zan... ba’zan, hali... hali, bir... bir), teng bog`lovchi vazifasidagi –da, -u (-yu), na... na yuklamalari, shuningdekbo`lsa, esa yordamchilari vositasida bog`lanadi.Shunga ko`ra bog`langan qo`shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:1. Biriktiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.2. Zidlov bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
3. Ayiruv bog`lovchilari yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
4. Teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.
5. Bo`lsa, esa yordamchi so`zlari vositasida tuzilgan bog`langan qo`shma gap.

MAVZU:Egasiz bir bosh bo`lakli gap turlari egasi topiladigan va topilmaydigan gaplar egasi topiladigan gaplar, aniq shahsi noaniq shahsi umumlashgan gaplar.
Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir. Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar
Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki ega tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishdi  (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa ham ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan iborat bo`lib, egani topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.

Yüklə 97,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin