2-bosqich 1-semester.
11-mavzu: Aniqlovchi va uning turlari
Ona tili
Abdukadirova M.M
Reja:
1.Aniqlovchi haqida ma’lumot berish.
2.Aniqlovchining ma’no turlarini.
3.Izohlovchi haqida ma’lumot
Ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasida kelgan predmetni bildiruvchi
so‘zlarga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak
aniqlovchi
hisoblanadi.
Masalan, Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar
sekin gapida nima tarqaladi? so‘rog‘iga shakar qovunlarning mayin
hidlari birikmasi javob bo‘ladi. Demak, bu birikmaning hammasi yaxlit
holda birikmali ega vazifasida keladi. Birikmali ega, o‘z navbatida,
aniqlovchi va aniqlanmish qismlariga bo‘linadi: shakar qovunlarning
(qaratqich aniqlovchi) mayin hidlari (aniqlanmish). Qaratqich
aniqlovchi ham, aniqlanmish ham birikmali bo‘lib, ular sifatlovchi va
sifatlanmishlardan tashkil topgan. Shakar (sifatlovchi) qovunlarning
(sifatlanmish), mayin (sifatlovchi) hidlari (sifatlanmish).
ANIQLOVCHINING IFODALANISHI - 1
ANIQLOVCH
I
SIFATLOVCHI
ANIQ1LOVCHI
QARATQICH
ANIQLOVCHI
Gapdagi biror bo‘lakning boshqasiga
qarashli ekanini bildiradi:
Radiodan
mayin
kuy taralmoqda.
Qanday? Qanaqa? Qaysi?
Necha? Nechanchi? Qancha?
Qaerdagi?
Kimning? Nimaning?
Qaerning? Qaratqich-
aniqlovchi tomonidan
aniqlangan bo‘lak
Dostları ilə paylaş: |