11 sinf, biologiya. I-chorak uchun test topshiriqlari



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü21,48 Kb.
#38566
  1   2   3
11-sinf-bilogiya-1-2-3-4-choraklik-testlari (1)


11 sinf, biologiya . I-chorak uchun test topshiriqlari

1.Organizm darajasidagi biosistemani ko`rsating. A)o`simlik

B)Cho`l C) dasht D) sahro

2.Populatsiya darajasidagi biosistemani ko`rsating. A)o`simlik

B)Cho`l C)hayvon D)zamburug`

3.Tirik organizmlarning eng kichik birligi… A) molekula B) hujayra

C)organ D) organizm

4.”Ekologiya” atamasini birinchi bo`lib fanga kritgan olim . A)_ E.Gekkell B) Ch. Darvin

C)Vinogradskiy D) A va B javoblart

5.Hayotni tuzilish darajalarini ularni o`rganadigan fanlar bilan juftlang. 1.hujayra 2. Organizm 3. Molekula 4. Populatsiy a 5.To`qima

a. molekulyar biologiya b. gistologiya d.sitologiya e. anotomiya f.ekologiya

A) 1-d, 2-e, 3-a, 4-f, 5-b B)1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f

C)1-b, 2-a, 3-e, 4-d, 5-f D)1-f, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a

6.Populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyadagi individlar sonining o`zgarishi, populatsiyadagi guruhlar orasidagi muommolarni o`rganuvchi ekologiyaning bo`limini belgilang.

A)Autekologiya B) Demekologiya C)sinekologiya D) global ekologiya

7. Organizmlarni ng tashqi muhit bilan munosabatini o`rganuvchi ekologiyaning bo`limini belgilang. A)Autekologiya B) Demekologiya C)sinekologiya D) global ekologiya

8.Biogeosenozning tarkibit qismlarini belgilang. A) biosenoz, biotope B) hujayra , to`qima

C) organ, oranizm D) organism, populatsiya

9.Ekosistemalar “Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari” degan ilmiy fikrlar qaysi olimga tegishli? A)_ E.Gekkell B) Ch. Darvin C)Vinogradskiy D) A.Tensli

10.Olmali bog`, dala, o`rmon, archazor ekosistemalari ekosistemaning hudud bo`yicha qaysi turiga kiradi?

A)mikroekosistema B) mezoekosistema D) makroekosistema D) global ekosistema

11.Produsentlarni belgilang. 1. Archa 2. Bug`u 3. Achitqi 4. Maysa 5. Bo`ri 6. Mog`or zamburug`I 7. Lola 8. Shirach 9. Quyon 10.burgut.

A)1,4,7,8 B)2,5,9,10 C)1,3,5,7 D)4,6,8,10

11.Konsumentlar ni belgilang. 1. Archa 2. Bug`u 3. Achitqi 4. Maysa 5. Bo`ri 6. Mog`or zamburug`I 7. Lola 8. Shirach 9. Quyon 10.burgut.

A)1,4,7,8 B)2,5,9,10 C)1,3,5,7 D)4,6,8,10

12.Suksessiya nima? A) Biogeosenozlarning tuzulishi va faoliyatida o`zgarishlarning sodir bo`lishi B)biosenozlarni tashkil etgan turlarning tarkiban o`zgarishi C)biogeosinozlarning o`z-o`zini boshqarishi D) biogeosenozlarning barqarorligi

11.3.”Organizm- muhit” tizimidagi asosiy qonuniyatlar qaysi olim tomonidan kashf etilgan?

A)_ E.Gekkell B) Ch. Darvin C)Vinogradskiy D) A.Tensli

14.Hayot dastlab qaysi muhitda paydo bo`lgan? A) suv muhiti B) tuproq muhiti C) havo muhiti D)organism muhiti

15.Suvqa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko`chib yuruvchi organizmlarni belgilang A)nekton B)bentos C)plankton D) A va B

16.Anemoxor o`simliklarni belgilang.A) qoqio`t, terak, chinor B) g`umoy, kurmak, semizo`t C) mosh, loviya, burchoq D)kartoshka, piyoz, boychechak

17.Tanasining birmuncha ixchamligi, pishiq van am yuqtirmaydigan yoki shilimshiq modda bilan qoplangan teri qoplamiga ega, ko`rish organlari rivojlanmagan. Ushbu moslanishlar qaysi muhitda yashovchi organizmlar uchun xarakterlidir. A) suv muhiti B) tuproq muhiti C) havo muhiti D)organism muhiti

18.Parazit o`simliklarni belgilang. 1.zarpechak 2. Qilbosh 3. Solyotor 4. Devpechak 5.raffleziya 6. Rishta A)1,2,5 B)2,3,6 C)1,3,5 D)1,4,5

19.Tirik organism, tur jamoaning, hayotiy faoliyati va rivojlanishini susaytirib yoki to`xtatib qo`yuvchi omilni belgilang. A) abiotik B)biotic C)antropogen D) cheklovchi

20.Poykilo term organizmlarni belgilang. 1.zog`ora baliq 2. Ko`l baqasi 3. Qora ilon 3. Burgut 4. Musicha 5. Jayron 6. Maymun 7. Kaltakesak 8.ko`k kaptar

A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,7 D) 2,3,4,8

11 sinf, biologiya .II-chorak uchun test topshiriqlari

1.Sudralib yuruvchilar tanasining tangachalar bilan, qushlar tanasining parlar bilan qoplanganligi,sutemizuvchilar tanasining qalin jun bilan qoplanganligi qanday moslanishga kiradi? A) morfologik B)etologik C)fiziologik D) biokimyoviy

2. Kun uzunligiga javob reaksiyasiga ko`ra o`simliklarni ekologik guruhlarga ajrating. a)uzun kun o`simliklari b) qisqa kun o`simliklari d) neytral o`simliklar .

1.baqlajon 2. Pomidor 3. Bodiring 4.karam 5. No`xat 6. Rediska 7.qoqio`t 8. G`o`za

A)a-4,6;b-1,2,3,8; d-5,7 B)a-1,2,3; b-4,5,6; d-7,8 C)a-2,4,6, b-1,3;d-5,7,8

D)a-7,8; b-1,2,3; d-4,5,6

3.Topografik omil bo`lgan tik qiyaliklarda qanday o`simliklar o`sadi?

A) gigrofit B) gidrofit C) kserofit D) A va B javoblar to`g`ri

4.Lishaynik tanasida zamburug` va suvo`tining birgalikda yashashi simbioz munosabatning qaysi turiga kiradi? A)mutualizm B)protokoperatsiya C) komensalizm D)parazitizm

5.Mog`or zamburug`lari antibiotiklar ishlab chiqarib , bakteriyalar o`sishi va rivojlanishini to`xtatib qo`yishi qanday munosabat turiga kiradi?A)amensalizm B)kommensalizm

C) yirtqichlilik D)parazitizm

6.Daraxt tanasiga yo`sinlarning joylashib olishi simbioz munosabatning qaysi turiga kiradi? A)mutualizm B)protokoperatsiya C) komensalizm D)parazitizm

7. Insonlar ko`mir qazib olganda, daraxt kesgandagi ta’sir turini belgilang. A) abiotik B)biotic C) antropogen bevosita D) antropogen bilvosita

8.Populatsiyadagi individlar sonining o`zgarishi nama deb ataladi? A) Populatsiya dinamikasi B) populatsiya zichligi C)populatsiyadagi jinslar nisbati D)Populatsiya gomeostazi

9.Populatsiyada o`lim ko`rsatkichlari va tug`uluvchanlik teng bo`lsa bunday populatsiyalar …. deyiladi. A)o`sib borayotgan B) barqaror C)qisqarib borayotgan D) A va B

10.Qanday populatsiyalar himoyaga va parvarishga muhtoj hisoblanadi?

A)o`sib borayotgan B) barqaror C)qisqarib borayotgan D) A va B

11.Qarag`ayzorda qaysi tur dominant tur hisoblanadi?

A)qarag`ay B) o`t-o`lanlar C) yumronqoziq D) tipratikan

12.Qushlar va po`stloqxo`r , mo`ylovdor qo`ng`izlar biosenozning qaysi yarusida uchraydi?

A) birinchi B)ikkinchi C)uchinchi D)to`rtinchi va beshinchi

13.Sudraluvchi bug`doyiq, marvaridgul, sudraluvchi beda o`simliklarida qanday taqsimlanish kuzatiladi? A) guruhli B)tasodifiy C)bir tekis D)tartibsiz

14.Chiriyotgan o`simlik, hayvon va zamburug` qoldiqlari … deb ataladi? A) produsent B) konsument C)rudiment D) detrit

15.O`simlik—chigirtka—kaptar—tulki oziq zanjirida kaptar nechanchi trofik daraja va nechanchi tartib konsumenti hisoblanadi? A)I-trofik daraja va Itartibli konsument

B)I I-trofik daraja vaI Itartibli konsument C) II-trofik daraja vaI Itartibli konsument

D) III-trofik daraja vaI Itartibli konsument

16.Qirg`iy sichqonlarni tutib yeyishi bilan (a)trofik darajani, ilonni tutib yeyishi bilan (b) trofik darajani egallaydi. a va b sonlarni belgilang. A)a-III, b-IV

B) a-II, b-II C)a-II , b- III D)a-IV, b-V

17.Ekologik piramida qoidasini kim kashf qilgan? A)_ E.Gekkell B) Ch. Elton C)Vinogradskiy D) A.Tensli

18.Kapalak—baqa—ilon—ilonburgut ekologik piramidasida ilonning biomassasi 600grammni tashkil etsa baqa(a) ba ilonburgutning(b) biomassasini belgilang. A)a-6 kg , b-0,6 kg B)a-6kg, b-0,06kg C) a- 60kg , b-6kg D) a-600kg,b-60 kg

19.Ekologik piramida g`o`za—chivin—kaltakesak—lochin lardan iborat. Kaltakesak biomassasi 20 kg bo`lsa ekosistemaning umumiy biomassasini toping.

A)2222kg B) 22222kg C)222kg D)22.2kg

20.Detritofaglar ….lar hisoblanadi. A)produsentlar B)konsumentlar C)redusentlar D) A va C


Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin