101
Ikki
xalqning yuragidan joy olgan, o’zbek-u qoraqalpoqni bir yong’oqning ikki
mag’zidek yaxlit bilgan shoir Ibroyim Yusupov chin ma’noda yurt muhabbati bilan ijod
qilgan shoirdir. Uning “Cho’l to’rg’ayi” to’plamini varaqlar ekanman, Bunga yana bir
bora amin bo’laman.
Shoir “Vatan “she’rida uning bolaligidagi Vatan haqidagi
tasavvurlaridan tortib
vatanning neligini anglatgan barcha suvratlarni, hayot lavhalarini bir - bir eslaydi:
Sen avval chayqalgansan tollar shohida,
Men o’rmalab chiqib uning bolin so’rganman.
Tol po’stidan sunray yasab chalgan chog’imda
Sodda sasda yuragimni ochib bergansan.
Ya’ni shoir vatan suvratini avval tollar shohida ko’rdim, bu tollardan bolini so’rganman,
deydi, so’ngra tol po’stida surnay yasab chaldim, undan chiqqan sado shunday edi :
Sening bitta butog’ingman, yasholmam sensiz” sekin
shoir xayollariga ergashib
qurquloq degan qushni va uning iniga hayrat bilan boqqan onasini eslaydi. Va
anglaydiki, u onasining nigohida Vatanni ko’rgan ekan. Lirik qahramon, o’z
vatani
haqida o’ylaganida, yog’ichqazorlardagi mitti sariq gullarni, qo’zichoqday o’ynab
yurgan adirlarni eslaydi. Gohida uning xayolida vatani qadrdon maktabi bo’lib
ko’rinadi.ehhe shoir vatanni ko’p narsalarda ko’radi, bodroq bodroq paxtalarda, qo’shni
qizning kudirguchida, podachi chol nigohida ko’radi. Shoirning o’zi ham “ men qanday
suvratda ko’rmadi seni ?” deya hayratlanadi:
Men qanday suvratlarda ko’rmadim seni?
Turnlarday kuzda uchdik ko’kda tizilib
Goh qirg’ovul bo’lib qancha chaqirding meni
Goh chaqirding yaylovlarda yilqichi bo’lib.
Va u vatanni qanday qiyofada ko’rsa-da, uning ulug’ligini unutmaydi,
uni boricha
hamma -hamma xotiralari bilan sevadi.bu she’r vatanning turli qirralarini ko’rish va uni
boricha butunicha sevish haqidadir.
Ibroyim Yusuf she’rlarida oddiy detaldan ham ulkan falsafa kash etilganini ko’rasiz.
Uning “
Cho’girma” she’ri ana shunday mahorat natijasi
. Yangicha turmushni
kechirayotgan
inson sifatida milliy libos, qadimiy bosh kiyim cho’girma haqida she’r
bitar ekan, I .Yusupov, bu cho’girmaning qancha dovonlardan oshganini,
ushbu milliy
kiyimning tarixini eslab o’tadi.quarsh qalpoq kabi nomlar bilan atalganini ta’kidlaydi:
102
Avval paydo bo’lding kimning boshida,
Orol bo’yio yo dnepr qoshida?
O’n asrli rus solnomasida
Quvondim nomingni o’qib cho’girma.
Ko’rinadiki, avval orol bo’yi yoki Dnepr yaqinida yashagan xalqlar kiyganligini, hatto
rus solnomasida uning nomini o’qigach xursand bo’lganini aytadi.Shoir cho’girmaga
qarata bobolarim boshida olamni ko’rgansan, u bilan olam kezgansan deydi. Janglarda
Ernazar kabi bobolar jangda halok bo’lganda sen qonga botgan eding, deydi.
Cho’girmaga ta’rif berish bahonasida shoir qoraqalpoq xalqini ne ne suronli zamonlarni
ko’rganini boshiga ko’p ga’vg’olar tushganini eslaydi. Uni boshdagi ko’rinishini tomga
qo’nib turgan kurka tovuqqa o’xshatadi. She’rning so’nggi
bandalarida shoir sal
zamonasozlik qilgan o’rinlari ham bor.Lekin ushbu she’r bir bosh kiyimi emas butun bir
xalq hayoti va uning madaniyati haqidadir.
Ibroyim Yusupov ijodida “
Qadrdon so’qmoqlar” she’ri alohida diqqatga sazovor. Bu
she’r badiiy barkamolligi bilan she’riyat muxlislari qalbidan joy olgan. Har kimning
tug’ilgan yeri Misr shahri degan epigraf keltirilgan ushbu she’r shoirning garchi kichik
qishloq bo’lsa-da uning uchun Misrday buyuk bo’lgan ovuli haqida. Bolaligi o’tgan
ko’chlar qadrdon so’qmoqlar haqida. Lirik qahramon bolaligi o’tgan
qishloqqa
qaytayotib, sog’ingan kunlarini, qadrli odamlarni eslaydi. She’rning ilk satrlarida
qizil