2-§ Og’zaki nomerlash.
Ikkinchi o’nlik sonlarini og’zaki nomerlashni o’rganish o’nlik haqidagi tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. O’qituvchi cho’plarni o’ntadan qilib bog’lab, birlardan qanday qilib o’nlar hosil bo’lishini ko’rsatadi. Bunday mashqlarni bolalar ham bajaradilar, so’ngra ular o’nliklarni sanaydilar, qo’shadi va ayiradilar. Masalan. Mana hsu qatorda nechta o’ntalik cho’plarni bog’ladilar? Stol ustida mendagiga qaraganda uchta ko’p o’ntalik cho’p qo’ying. Bolalar bunday mashqlarni bajarish natijasida o’ntaliklarni (o’nlarni) oddiy birlik (bir) lar kabi sanash, qo’shish va ayirish mumkinligi to’g’risida xulosa chiqaradilar. So’ngra birlar va o’nlarni sanash asosida 10-20 sonlarning hosil bo’lishi qaraladi va ularning nomlari tushuntiriladi.
O’qituvchi: bu yerda 1 ta o’ntalik yoki 10 ta cho’p bor. Sanoqda o’ndan keyin keladigan son qanday hosil qilinadi?
O’quvchi: o’nga bir qo’shiladi?
O’qituvchi: qaranglar o’ntalik ustiga 1 ta cho’p qo’yaman – o’n va bir bo’ladi. Cho’plar nechta bo’ladi?
O’quvchi: hammasi bo’lib 11 ta cho’p.
O’qituvchi : o’n bir sonida nechta o’ntalik (o’n) va nechta bir bor?
O’quvchi: bitta o’nlik va bitta bir.
Shundan keyin sonlarning o’nli tarkibi to’g’risidagi bilimlar ko’rgazmali qurollar yordamida va ularsiz mustaxkamlanadi.
1) 12 ta cho’pni sanab qo’ying va bu nechta o’ntalik cho’p va alohida nechta cho’p tashkil qilishini aniqlang.
2) 1 ta o’ntalik cho’pni va yana 4 ta cho’pni oling- hammasi bo’lib nechta cho’p oldik?
Og’zaki nomerlashni, keyinroq es yozma nomerlashni o’rganishda, qo’shishva ayirish xollari qaraladi, ular sonlarni xona qo’shiluvchilariga ajratish va uni tashkil etishga keltiriladi.
Masalan, misollarni yeching; 10+9, 17-10, (tushuntirish: 10 bu 1 o’nlik yoki 10 ta birlik, 9 ta birni qo’shamiz, natijada 1 ta o’nlik va 9 ta birlik hosil
bo’ladi.) bunday mashqlar sonlarning o’nlik tarkibini ongli o’zlashtirishga ham imkon yaratadi.
Natural qatorda sonlarning hosil bo’lishi, ularning miqdoriy va tartib munosabatlari quyidagi mashqlarni bajarishda aniqlanadi:
1) 12 dan boshlab bittalab sanang, hosil bo’ladigan sonlarni ayting, 20 dan boshlab bittalab ayirib teskarisiga sanang va hosil bo’ladigan sonlarni ayting.
2) 17 dan 1 ta katta (kichik sonni ayting).
3) Misollarni og’zaki yeching.
13+1 , 18-1, 14 sm – 1 sm, 19 sm + 1 sm,
Arifmetik amallarni o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o‘zlashtirish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1- va 2-sinflarda shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orsidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og‘zaki hisoblashlar:
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin.
Bunda yechimlarni:
a) tushuntirishlarni to‘la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin. masalan: 34 + 3 = (30 + 4 ) + 3 = 30 + ( 4 + 3) = 37, 9 + 3 = 9 + ( 1 + 2 ) = ( 9 + 1) + 2 = 12 va hokazo.
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. masalan,
34 + 4 = 37
9 + 3 = 12.
d) hisoblash natijalarini raqamlab yozish mumkin. masalan, 1) 37, 2) 12 ..
2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi. masalan, 430 - 210 = ( 400 + 30 ) - - ( 200 + 10 ) = ( 400 - 200 ) + ( 30 - 10 ) = 200 + 20 = 220
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi,
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. masalan,
26 * 12 = 26 * ( 10 + 2 ) = 26 * 10 + 26 * 2 = 260 + 252 = 312:
26 * 12 = ( 20 + 6 ) * 12 = 20 * 12 + 6 * 12 = 240 + 72 = 312;
26 * 12 = 26 * ( 3 * 4 ) = ( 26 * 3 ) * 4 = 78 * 4 = 312
Dostları ilə paylaş: |