110-savol.Qadimgi qo’lyozma va qo’l yozuvlarining mazmun mohiyati. Qadimgi qo’lyozma va qo’l yozuvlarining ahamiyati juda katta , chunki ular orqali biz tarixni o’rganmiz, quyida yurtimizda saqlanayotgan qo’lyozma va qo’l yozuvlar fondi va uning ahamiyati haqida to’xtalamiz. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi unda saqlanayotgan yozma manbalarning turi,mavzusi,tili va soni jihatidan jahonning eng boy qoʻlyozma xazinalari qatorida turadi.Bu manbalarning aksariyati milodiy IX–XX asrlar oraligʻida yozilgan boʻlib,ulardan Markaziy Osiyo,Yaqin va Oʻrta Sharq,Janubiy Osiyo mamlakatlari tarixi,madaniyati,adabiyoti va fani boʻyicha muhim maʼlumotlar oʻrin olgan.Bu asarlar arab,fors,turkiy,urdu va boshqa sharq tillarida bitilgan.
Institut tashkil etilgan davrdan (1943-yil)hozirga qadar qoʻlyozmalar xazinasi muntazam boyitib kelinmoqda.Bugungi kunda fondda 6 ta jamgʻarma mavjud.Shulardan,asosiy fondda 13319 jild qoʻlyozma saqlanadi.Dublet fondi esa 5237 jilddan tashkil topgan,Hamid Sulaymonov fondi 7586 jilddan iborat,tarixiy hujjatlar jamgʻarmasida uch mingdan ortiq hujjat yigʻilgan,shuningdek,toshbosma va arabiy yozuvdagi bosma kitoblar kolleksiyasi hamda tasmali nusxalar (mikrofilmlar)fondida 39900 jild kitob toʻplangan.
2000-yil institut qoʻlyozmalar fondi dunyoning eng boy qadimiy kitob xazinalaridan biri sifatida YuNESKO tashkilotining “Butunjahon madaniy merosi” roʻyxatiga kiritildi.
Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan jamgʻarmalarning aksariyati kataloglashtirilib,u yoki bu darajada ilmiy muomalaga kiritilgan.Lekin qoʻlyozmalarning soni,mavzui,tili,bezagi jihatidan rang-barangligi va ilmiy ahamiyatiga koʻra Asosiy jamgʻarma boshqa jamgʻarmalarga nisbatan ilmiy tadqiqotlarga koʻproq jalb etilgan.Masalan,shu kolleksiyadagi tarixiy mazmundagi manbalarni olib qarasak,ularni Hindiston,Yaqin Sharq,Turkiya,Afgʻoniston,Yevropa davlatlari,Yaponiya va boshqa davlatlar tarixiga oid asarlarga ajratish mumkin.Bunday qoʻlyozmalarning umumiy soni 1000 dan ortiq boʻlib,arab,fors va turkiy tillarda bitilgan.Xronologik jihatdan bu asarlar X asrning oʻrtalaridan XX asrgacha boʻlgan davrni qamrab oladi,ularning nusxalari esa XII – XX asrlarga oid.Tarixiy geografiya hamda sayohatlarga doir kitoblar ham shu asarlar sirasiga kiradi.
Tarixiy asarlar majmuining muhim jihati shundaki,unda Markaziy Osiyo tarixiga oid asarlar bu qoʻlyozmalarning qariyb 40 foizini tashkil etadi.Shu jihatlar bilan ham Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondi jahondagi boshqa fondlardan ajralib turadi. Aniq fanlarga kelsak,matematik mazmundagi 213 ta qoʻlyozmaning 186 tasini algebra va hisobga oid (91ta asar)va 27 tasini geometriya (handasa)boʻyicha yozilgan 19 ta asarning nusxalari tashkil etadi.Ularning dastlabkisi mashhur matematik va astronom Abulvafo al-Buzjoniy (Xasr)qalamiga mansub “Arifmetika boʻyicha risola” ilmiy asaridir. Geometriya boʻyicha tasnif etilgan asarlarning 15 tasining mualliflari nomaʼlum,qolganlari Nasiriddin Tusiy,uning zamondoshi Shamsiddin Samarqandiy va qomusiy olim Saʼdiddin Taftazoniyning (XIVasr)arab tilidagi risolalaridan iborat.
Oʻrta asrlarda astronomiya va astrologiya fanlari Sharq xalqlari orasida juda qadrlangan.Institut xazinasida bu mavzu boʻyicha 153 ta asarning 234 ta qoʻlyozmasi jamlangan,ularning aksariyati fors tilida yozilgan.Mazmunan ularni astronomik jadvallar (zijlar),astrologik hisoblar,toleʼnomalar (goroskop),osmon jismlari tavsifi hamda ularning oʻzaro bogʻliqligini aks ettiruvchi asarlarga tasniflash mumkin.Bulardan tashqari,taniqli va nomaʼlum mualliflarning solnoma va navroʻznoma shaklidagi taqvimlari ham yigʻilgan (92ta qoʻlyozma).
Mashhur mualliflardan Abu Maʼshar al-Balxiy (IXasr),Abu Nasr al-Forobiy (IX-Xasr),Kushyor ibn Labbon (X-XIasr),Beruniy,Ibn Sino,Faxriddin ar-Roziy,Qozizoda Rumiy (XIV-XVasr)asarlari nusxalari,shuningdek,Mirzo Ulugʻbekning “Ziji jadidi Koʻragoniy” jadvalining bir nechta nusxalari va unga turli davrlarda yozilgan sharhlar bor.Bulardan tashqari,Ahmad Donish (XIXasr)va Xishmat (XXasr)larningdastxat taqvimlari ham saqlanadi.
Geografik mazmundagi qoʻlyozmalar toʻplamida 123 ta qoʻlyozma bor.Ular sof geografik mavzudagi asarlar,geografik lugʻatlar va kosmografiyaga oid ayrim ensiklopediyalardir.Boshqa tabiiy-ilmiy mazmundagi asarlardan farqli oʻlaroq,geografiya boʻyicha kitoblar koʻp hollarda badiiy asar shaklida yozilgan va geografik maʼlumotlarni berish bilan birga,shaharlar tarixi,mashhur kishilar hayoti va faoliyatini ham yoritgan.Xazinadagi mavzuga oid eng qadimiy qoʻlyozmalar XIII asrga tegishli boʻlib,qibla yoʻnalishini aniqlashga bagʻishlangan arab tilidagi ikkita risolaning nusxalaridir.
Noyob qoʻlyozmalardan biri sifatida XX asr boshlarida Buxoro amirligining soʻnggi qozikaloni Mirza Muhammad Sharif (Sadr)qalamiga mansub “Mashhur mamlakatlar tavsifi” asari dastxatini keltirish mumkin.
Bulardan tashqari,Asosiy fondda shu turkumdagi asarlardan yana kimyo,mineralogiya,veterinariya va ovchilik mavzulari boʻyicha ham qoʻlyozmalar mavjud boʻlib,ularning orasida hukmdorlar uchun maxsus kitobat qilingan,nafis bezatilgan nusxalar bor.