102B guruh talabasi: Umarova Ziyoda “mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar”



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,83 Kb.
#204563
1   2   3   4   5
3. Mustaqillikka erishish arafasida o\'zbekistonda ijtimoiy siyosiy jarayonlar

Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg'anayotganligidandir. O‘zbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa O‘zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg'onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 kilogrammdan26 to‘g'ri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshi, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vositalaridir. O‘zbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan27 ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud edi. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo‘lmasdan O‘zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bo‘lgani holda 79-84 ming tonnani tashkil etdi. Jami bo‘lib qishloq xo‘jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, o‘simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini zaharlagan.

I.A. Karimovning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anieyvich Karimov Oliy Kengashda O‘zbekiston xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, grajdanlar huquq va erkinliklanga kafolat berishga, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmaga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyodini bayon etdi. O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi. Chunki O‘zbekistonda va o‘sha davrdagi Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80-yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uyg'onish oxir-oqibatda dunyoning eng yirik va so‘nggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildi. Bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya rahbariyati bilan xalq ommasi o‘rtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hoi albatta boshqa jumhuriyatlarga ham ta'sir ko‘rsatdi va ular birin-ketin o‘z mustaqilliklarini e'lon qila boshladilar. 1990-yil, 21-iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun g'oyatda muhim bo`lgan tarixiy hujjatni - Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi: «O`zbekiston bugun o‘z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e'tirof etib, jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbayi xalq ekanligini e'tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o‘zigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yo‘lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta'kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi O‘zbekistonni suveren davlat deb e'lon qiladi.
O‘zbekiston suveren davlati:
- o‘z hududining barcha tarkibiy qismlari - yer, suv, havo, yer usti, yerosti boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutlaq egadir;
- o‘z hududining barcha tarkibiy qismlarida - yerosti va yer ustida, suvda, havoda mutlaq hukmrondir:
- siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va ehtiyojidan kelib chiqib - o‘zi belgilaydi;
- suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha qonun va farmonlarni o‘zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o‘zi tashkil qiladi;
- barcha tashqi aloqalarni o‘zi o‘rnatadi;
- fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o‘zi aniqlaydi;
- aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda ularning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipiga amal qiladi».


Albatta, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko‘p vaqt o‘tar-o‘tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e'lon qilinishi respublika hayotida mislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi. O‘zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O‘zbekistondagi bunday «o‘zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo‘yish chorasini izladi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq o‘tkazishning barcha choralarini ishga soldi.
Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin