102B guruh talabasi: Umarova Ziyoda “mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar”



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,83 Kb.
#204563
  1   2   3   4   5
3. Mustaqillikka erishish arafasida o\'zbekistonda ijtimoiy siyosiy jarayonlar


MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR”




Farmatsiya fakulteti
102B guruh talabasi:
Umarova Ziyoda

MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR”


O‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o‘rtalariga kelib sovetlar saltanati kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan bo‘lsada, xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun mustamlakachi. kelgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo‘lsada so‘ngan emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945) da ham, urushdan keyingi davrda ham turli ko‘rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o‘zining yangi bosqichiga kirdi.


Sovetlar va kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun afyundir» degan qoidani asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. I.B.Usmonxo‘jayev O‘zKP XXI syezdida hisobot ma'ruzasida bunday degan edi: «Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib kelmoqda. Shu viloyatning shahar va rayonlarida ro‘yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga xilof ravishda ish ko‘rib kelmoqda, o‘smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy aqidalarni o‘rgatish faktlari aniqlandi. O‘zbekiston milliy mustaqilligi uchun kurashning ikkinchi yo‘nalishi - umumma'rifiy harakat, siyosiy va demokratik erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo‘nalishning asosini O‘zbekiston ziyolilarining ilg'or taraqqiyparvar so‘l qanoti tashkil etadi.
1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak.
1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak.
Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g'risidagi qonunni qabul qildik, bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini yaxshiladi»11.
O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O`zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo‘ldi.
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj-lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma'naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi.
Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g'ri-sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo‘llab-quvvatlandi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida respublikada katta ish qilindi. O‘zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g'risidagi moddalar ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi.

Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin