Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida bo'lgan. XVIII—XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan.
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi
Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.
XVI asrda, Shayboniylar oʻzbek sulolasi hukmronligi davrida, Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoroning mavqei ancha ortdi. Buxoro shahri avvalboshda uluslardan biri markazi maqomida, keyin esa butun boshli davlat poytaxti maqomida boʻlib keldi.
1925-yil 17-fevralda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining birinchi taʼsis qurultoyida „O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya“ qabul qilingan. Respublikaning birinchi poytaxti etib Buxoro shahri tanlangan.
2012-yilda „O‘zbekiston“ nashriyoti tomonidan chop etilgan „O‘zbekiston tarixining muhim sanalari“ nomli kitobdagi maʼlumotlarga koʻra, 1925-yil aprel oyida mamlakat poytaxti Buxoro shahridan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. 1930-yilda esa poytaxt Toshkent shahriga koʻchiriladi va 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan soʻng esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda
Surxondaryo viloyatining eng janubiy shahri va maʼmuriy markazi – Termiz shahri hisoblanadi. Bu shaharda va uning atrofida turli xil dinlar – otashparastlik, nestorianlik, buddaviylik va islom dinlari bilan bog‘liq juda ko‘p diqqatga sazovor joylar saqlangan.1999-yil 2500 yilligi Parijda nishonlandi
.
Arxeologlarning maʼlumotiga ko‘ra shahar eramizdan oldin I ming yillikda qurilgan bo‘lib, bu dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi.
«Termiz» nomi «Taramastaxa» so‘zidan olingan bo‘lib, “qarama-qarshi qirg‘oqda joylashgan” degan maʼnoni anglatgan, hozirgi nomi bilan esa bu shahar faqat 10 asrdan nomlana boshlandi. Shu davrga qadar u juda ko‘p nomlar bilan nomlanib keldi, masalan: Demitrias, Antioxiya, Tamo, Tami va boshqalar. Buddizm dini Termiz shahriga Yunon-Baqtriya podshohligi davrida paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Bundan arxeologlar tomonidan o‘sha davrga tegishli bo‘lgan ko‘p sonli qazilma topilmalari dalolat beradi.
Qo‘qonni Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri deb aytish mumkin. Uning alohida shahar sifatida birinchi marta qayd etilishi uzoq X asrga borib taqaladi.
O‘shanda shahar «Xovakend» yoki «Xokand» deb nomlangan va u o‘z hududida juda katta savdo markazi bo‘lgan. Ammo bu shahar uzoq vaqt mavjud bo‘lmagan, XIII asrda unga hujum qilgan mo‘g‘ullar tomonidan shahar tamoman vayron qilingan. Bundan ilgari shahar Xitoyning Davan davlati tarkibiga kirgan. Muyi-Muborak, Eski Qo‘rg‘on va Tepako‘rg‘on yodgorliklari hududida olib borilgan qazilmalar jarayonida 2000 yil avval bunyod etilgan qadimiy binolar va kulolchilik buyumlari topilgan. Bu shahar ko‘p narsani boshidan kechirib, XVIII asrda o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga chiqdi. Shu davrda shahar Qo‘qon xonligining poytaxti maqomini oldi.
Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan.
XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!
Shahar bundan 2750 yil oldin paydo bo‘lgan, bu nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri deb nomlanish huquqini beradi. Shaharning gullab-yashnashi Amir Temur va uning avlodlari davriga to‘g‘ri keladi.Aynan o‘sha paytda Samarqand Temuriylar qudratli imperiyasining poytaxti bo‘ldi. Buyuk Temur o‘z poytaxtini qanday tanlaganligi haqida shunday afsona yuradi . O‘z tanlovini amalga oshirish uchun, u fuqarolarga barcha shaharlarning kirish darvozalariga qo‘chqorning jasadini osib qo‘yishni buyurdi va bir oydan keyin shaxsan o‘zi darvozalarga osilgan go‘shtlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha shahar darvozalariga osilgan tana go‘shti chirishiga ulgurgan va faqat Samarqand darvozalarida u deyarli buzilmasdan va hidlanmasdan turardi. Buni ko‘rib, Temur shunday dedi: “Bu shaharning havosi toza va yerlari esa unumdor. Poytaxt shu yerda bo‘ladi! ” Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tufayli shahar dunyo ilm-fanining markaziga aylandi. Samarqand “o‘z hayotida tashrif buyurishga arziydigan 50 shahar” ro‘yxatiga kiritilgan.
Xiva — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shimoliy gʻarbida, Xorazm viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimiy Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². 2022-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman doimiy aholisining soni 149 698 kishi, Xiva shahri — 95 246 kishini tashkil qilgan. Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a Sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.
Xiva — Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi „Xiauv“ — qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831-yilda yozgan „Dili Gʻaroyib“ asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom sanar ekan, „Bu mamlakatning yana bir qalʼasi — Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir“ deydi.
Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967-yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995-yil oktabr-noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500-yilligi 1997-yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.
Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avvalgi 8 asrda tashkil etilganini bilib olish mumkin. Shahar qadimgi davrlarda Kesh deb nomlangan.
1351-yilda zarb etilgan kumush tangalarda „Shahrisabz“ nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: „Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar“ deb yozgan.Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan.Shahrisabz oʻsha davrda „Qubbatul ilm val adab“ nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari shahrida tugʻilgan.
Shahar markazi qayta qurildi. 1996-yilda shahar maydoni 2460 gektarga kengaygan
shahridagi eng katta maydon — Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yoʻli koʻchasi oʻtadi. 11 ta yirik sanoat korxonasi (shu jumladan, „Hujum“ badiiy buyumlar fabrikasi, „Sado“ trikotaj fabrikasi, „Konserva“ va „Sharob“ aksiyadorlik jamiyatlari, toʻqimachilik, pillachilik fabrikalari va boshqalar), 8 qoʻshma korxona (shu jumladan, Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya „Mevalar kamalagi“; Oʻzbekiston—AQSH „Shahinterneshnl“; Oʻzbekiston—Rossiya „Kompasqoqsuv“; Oʻzbekiston—Turkiya „Shahri Kesh“; Oʻzbekiston—Turkiya— Yaponiya „Oqsaroy toʻqimachi LTD“ va boshqalar), kichik, oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Buxoro oziqovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining umumtexnika fti, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar ishlab turibdi. 10 ta jamoat kutubxonasi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, teatr, tarix va moddiy madaniyat muzeyi, 3 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 2 ta bolalar sport maktabi bor. 3 ta tennis korti, 3 ta suzish havzasi, stadion, 18 ta sport zali mavjud. Markaziy kasalxona (1050 oʻrin), yangi jarrohlik markazi aholiga xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻli vokzali, avtovokzal, aeroport ishlab turibdi. "Kesh'' va „Shahrisabz“ mehmonxonalari bor. shahrida Amir Temurning ulugʻvor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, meʼmor Botir Usmonov) oʻrnatilgan (1996).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun mamlakatimizda va shahrida keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. Shahar Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan (2002-yil dekabr). Shaharda koʻplab anjumanlar va konferensiyalar oʻtkaziladi.
Shahar ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va maʼnaviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrabavaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qoʻshgan alohida xizmatlari eʼtiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati Shahar „Amir Temur ordeni“ bilan mukofotlandi (1996-yil oktyabr).