Men Ortiqov Akobir buxdu biologiya yo’nalishi 9-3 Bios-20 guruh talabasiman. Amaliyotim davomida turli xildagi ochiq maydonlar, dala hamda manzarali o’simliklar mavjud bo’lgan ziyorat va istirohat bo’g’larida bo’ldim
Buxoro Davlat Universiteti Agranomiya va biotexnologiya fakulteti Biologiya (turlar bo’yicha) yo’nalishi 9-3 Bios-20 guruh talabasi ORTIQOV AKOBIRning amaliyot
Hisoboti
2022-2023
Hisobot
Men Ortiqov Akobir BUXDU biologiya yo’nalishi 9-3 Bios-20 guruh talabasiman. Amaliyotim davomida turli xildagi ochiq maydonlar, dala hamda manzarali o’simliklar mavjud bo’lgan ziyorat va istirohat bo’g’larida bo’ldim. Amaliyotimning ilk kunlarida amaliyot uchun kerakli bo’ladigan o’quv hamda ish qurollari bilan qurollandim. Amiliyot o’tayotgan hududda metomorfozga uchragan vegitativ organlar to’grisida,cho’l o’simliklari,ra’nodoshlar oilasi vakillari, jag’jag’ o’simligi, Sho’radoshlar oilasi vakillari, Bug’doy, Atirgul,dalachoy,isiriq o’simliklari hamda manzarali o’simliklar haqida ma’lumot to’pladim.
Metamorfoz (yunoncha: metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda M., yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. M. tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. M. koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. M., odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka chiqish, tuproqsa yashirin yashashdan ochiq havoda yashashga, suvda erkin yashashdan oʻtroq yashashga utishi bilan bogʻliq. M- bilan rivojlanadigan hayvonlar hayot siklila voyaga yetgan organizmdan keskin farq qiladigan bitta yoki undan koʻproq lichinkalik davri (qarang Lichinka) boʻladi. Oʻsimliklarda — bajaradigan funksiyasi yoki shart-sharoitning almashinuvi bilan bogʻliq holda oʻsimlik asosiy organlari koʻrinishining oʻzgarishi; M. ontogenezpya vujudga kelib, evolyusiya jarayonida mustahkamlanadi. Noqulay yashash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda M.ga uchraydi. Mas, kaktusda barglar sertikan novdaga aylanib, suv bugʻlatish yuzasi kamaygan; fotosintez jarayoni uchun zarur suv zaxirasi etli poyada saqgsanadi. Baʼzi oʻsimliklar (doʻlana, gledichiya)da barglar tikanga, yorugʻlik kam tushadigan sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar (liana, tok) novdasi ilashib oʻsishiga yordamlashuvchi gajakka, hasharotxoʻr oʻsimliklar bargi oʻziga xos qopqonga aylangan va q.k. Koʻp yillik oʻt oʻsimliklarda yer osti novdasi za-xira oziq moddalari toʻplanishi sababli, koʻrinishi oʻzgargan, yaʼni metamor-fozlashgan (mas, kartoshka tuganagi, piyozboshi va boshqalar). Gulli oʻsimliklar guli ham metamorfozlashgan novdadan iborat. Kosachabarg, tojbarg, changchi va urugʻchi barglar bargdan, guloʻrni esa poddan hosil boʻlgan.
ILDIZ METAMORFOZI VA UNING ANATOMIK TUZILISHI. Bir qancha o`simliklarning ildizlari o`z faoliyatlari davrida metamorfozga uchrab, oziq moddalar to`playdigan joy bo`lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ular yo`g`on va etli bo`ladi. Ularning bir necha xili mavjud.
1. Ildizmevalar. Asosiy ildiz o`z shaklini o`zgartirib, yo`g`onlashadi va o`zida zapas oziq moddalarni to`playdi, Bunga sabzi, sholg`om, turp, rediska, petrushkalar kiradi.
2. Ildiz tuganak asosiy ildizlardan tashqari yon va qo`shimcha ildizlar ham metamorfozga uchrashi mumkin va oziq moddalari saqlanadigan yo`g`on joy ildiz tuganaklari yoki ildiz g`uddalari deyiladi. Ular qishni o`tkazish uchun emas, balki , vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Bularga kartoshkagul, eryong`oq;, batat kabi o`simliklarning ildiz tuganaklar misol bo`ladi.
3. Tayanch ildizlarni poyadan chiqqan qo`shimcha ildizlar hosil qilib, ular poyani tik tutib turish uchun xizmat qiladi. Bunday ildizlarni makkajo`xori, oqjo`xorida kuzatish mumkin.
4. So`rgich ildizlar. Tekinxo`r o`simliklarda xlorofill donachalari bo`lmaganligi sababli ular boshqa o`simliklarning oziq moddalari hisobiga yashaydilar. Bunday o`simliklarda asosiy ildizlar o`rnida so`rg`ich ildizlar bo`ladi. Bu xildagi ildizlar zarpechak va shumg`iyada uchraydi.
5. Havo ildizlari. Bu xildagi ildizlar tropik o`simliklarda uchrab, uning poyasidan ildizlar chiqib havoda ochilib turadi va undagi suv bug`larini o`zlashtiradi. Masalan, monstera o`simligi ildizi.
6. Nafas oluvchi ildizlar. Botqoqliklarda o`sadigan ayrim o`simliklar, masalan, botqoq sarvida ildizga qo`shimcha kislorod kerak bo`lganda ular nafas oluvchi ildizlarni hosil qiladi.
Ildizlar bajaradigan vazifasiga qarab har xil to`qimalardan tashkil topgan bo`lib, ular ildiz uchidan boshlab ma`lum tartibda joylashgan bo`ladi. Ildizning uchi, odatda ildiz qini bilan qoplangan bo`ladi va parenximatik hujayralardan iborat bo`ladi. Hujayralarning po`sti yupqa, tashqi tomoni shilimshiqdir. Bu esa tuproq zarrachalari orasida o`sayotgan ildizning harakatlanishini osonlashtiradi.
Ildiz qinining ustida uning o`sish nuqtasi yoki konusi joylashgan. O`sish konusining hujayralari bir xil meristema hujayralaridan iborat. Shu hujayralarning uzluksiz ketma-ket ajralishi natijasida aktiv bo`linadigan birlamchi meristema hosil bo`lib, ildizni o`stiruvchi va uning orqasida ko`plab bo`linadigan mayda meristema hujayralarini qoldiradi. Ularning to`plami bo`linish zonasi deb ataladi. Keyinroq meristema hujayralaridan cho`ziq va ingachka hujayralar gruppasi ajralib chiqadi va ular o`sish konusidan bir muncha yuqori (1-1,5 mm) joylashadi. Ular o`sish yoki cho`zilish zonasini tashkil etib, hujayralar bo`linishdan to`xtaydi. Ildizning birlamchi gistologik elementlari paydo bo`lishi bilan uning uchinchi zonasi boshlanib, so`rish zonasi deyiladi. Ildizning bu zonasidagi epiblema hujayralarining bir qismi tashqi tomonga bo`rtib o`sadi va tukchalar hosil qiladi. Ular suv va mineral moddalarni so`rish uchun xizmat qiladi. Ildiz tukchalarining umri juda qisqa bo`lib, birin-ketin yangi tukchalar hosil bo`laveradi. Har bir tukcha 10-20 kungacha yashaydi. Ba`zilari esa yog`ochlanib 2 yilgacha so`rish qobiliyatini yo`qotmaydi. Ildizning shu zonadan yuqori qismi o`tkazish zonasi deyilib, undan yon ildizlar chiqadi. Ularda ikkilamchi tuzilgan elementlar paydo bo`lib, o`tkazish vazifasini bajaradi.
HAVO ILDIZLARI.
Havo ildizlari asosan havodan namlikni olish uchun mo'ljallangan o'simliklarning aksariyat organlari. Ba'zi o'simliklarda ular qo'shimcha asos bo'lib xizmat qiladi va ba'zi bir botqoqlik aholisi uchun bunday ildizlar (pnQaysi o'simliklar havo ildizlariga ega?
Ko'pgina o'simliklarning asosiy havo ildizlari mavjud va ular turli xil funktsiyalarni bajaradilar:
Qo'shni ildizlar ko'pincha tropik o'simliklar - lianalarda va epifitlarda topiladi. Ular yashil rangga ega va fotosintezda faol ishtirok etadi, havodan kislorod va namlikni oladi.
Ochrid o'simliklaridagi havo ildizlari barg shaklida bo'lib, barglar uchun haqiqiy almashtiruvchi bo'ladi.
Suvli o'simliklardagi havo ildizlari kuchli somonlar kattaligiga kengayib, qo'shimcha stilts, stiltsga aylanadi. Bunday daraxtlar butunlay mangrov o'rmoniga o'xshash bo'lib, ko'pgina yolg'ochlar va bir tojdir. Ko'pincha shunga o'xshash ildizlar muqaddas anjir daraxti deb ham ataladigan ficus turiga kiradi.
Yana bir marsh o'simliki - doimiy suv bilan to'lib toshgan tuproqda o'sadigan sarvari, namlikni yo'qotish uchun mo'ljallangan havo ildizlarini hosil qiladi, lekin havo. Ular yuqoriga ko'tarilmaydilar, ammo yuqoriga ko'tariladi va ularning bo'shliqlari orqali kislorod o'simlikning er osti qismlariga kirib, yopishqoq chuqurchaga botadi.
Havo ildizlariga ega boshqa o'simlik jigarrang. Uzun va silliq havo ildizlariga ega bo'lgan bu toqqa chiqadigan o'simlik, turli ko'maklarga yopishib olishni maqsad qilib, 30 metr balandlikdagi daraxt tanalarini, toshlarni, toshlarni ko'tarishi mumkin.
2-kun amaliyotim davomida Qum shag’alli va taqir tuproqlarda o’sadigan bir yillik o’simliklarning ildiz sistemasidagi tafovutlarni o’rgandim.
Choʻl (tekislik)dagi oʻsimliklar hayoti, asosan qum va gipsli tuproqlar hamda shoʻrxok bilan bogʻliq. Qumli choʻlga Qizilqum, Qashqadaryoning quruq oʻzani (Sandiqliqum), Surxandaryoning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm voxasidagi qumli massivlar kiradi. Aksariyat qumliklar oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt yoki yirik butalardan oq saksovul, juzgʻun (qandim), cherkez; butalardan oq boyalich, quyon suyak, qizilcha kabi oʻsimliklar oʻsadi.
Juzgʻun ildizlari yon tomonga 20 m gacha oʻsib qumlarni maʼlum darajada ushlab turadi. Qumlarni mustahkamlashda koʻp yillik oʻtlardan selen alohida ahamiyatga ega. U tarqoq ildizlari hamda yer ustki qismlari (poyalari) bilan qumlarning koʻchishiga toʻsqinlik qiladi va boshqa oʻsimliklar (juzgʻun, saksovul va boshqalar) urugʻini tutib qolib, oʻsishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, qumda rivojlanishiga moslashgan koʻp yillik efemer oʻsimlik — iloq ildiz poyasi orqali ham koʻpayadi. Qisqagina bahor oylarida tez oʻsib, gullab, meva berishga ulguradi.
Gipsli choʻlga Ustyurt, janubiy-gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy Qizilqumda joylashgan ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli choʻl florasi turlarga uncha boy emas. Oʻsimliklar formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan, shoʻradoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Jumladan, yarim but ava butalardan buyurgʻun, voyalich hamda bir yillik shoʻralar (baliqkoʻz), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni koʻplab uchratish mumkin.
Shoʻrxok tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdoriga qarab oʻsimliklar turlicha boʻladi. Nam, qatqaloqli va mayin shoʻrxokli tuproqlar oʻsimlik rivojlanishi uchun juda noqulay. Lekin, shunga qaramay, ayrim joylarda sarisazan, qizilshoʻra, qorabaroq, shohilak, oqbosh, buzoqbosh, donashoʻr, shoʻra, ajriq kabi oʻsimliklar uchrab turadi. Umuman, bunday sharoitda oʻsadigan turlar soni 100 dan ortiq. Shoʻrxoklarda keng tarqalgan oʻsimliklarga saksovul (ikkala turi ham) kabi shoʻradoshlar oilasining juda koʻp vakillari (baliqkoʻz, quyonjun, qora shoʻra) kiradi. Ular choʻlning ogʻir (issiq va quruq) sharoitda oʻsishga turlicha shaklda moslashgan, yaʼni ayrimlarning bargi, poyasi seret boʻlsa, boshqalarining bargi tikanga aylangan yoki umuman yaprogʻi shakllanmagan.
Bir vaqtlar sayos suvlar ostida boʻlgan joylar — taqirlarda oʻsimliklar juda kamdan-kam uchraydi. Baʼzi hollardagina taqir yoriqlaridan chiqib turgan ayrim efemerlar va donni shoʻr kabi oʻsimliklarni koʻrish mumkin. Bunday taqirlar Qizilqum choʻllarda bor.
Toʻqaylar daryo (ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo) qirgʻoqlari boʻylab turlicha kenglik hamda uzunlikda joylashgan. Toʻqaylarda, asosan, daraxt, buta va koʻp yillik oʻtlar keng tarqalgan. Daraxtlardan turongʻil (teraklar turkumidan), kaptarjiyda, tol turkumining bir qancha vakillari; butalardan yulgʻun; koʻp yillik oʻtlardan shirin miyya, yantoqning ayrim turlari, qamish, erkakqamish, famatsiya kabilar oʻsadi.
Togʻ oldi tekisliklarini, asosan, bir yillik va koʻp yillik oʻtlar qoplagan. Bu yerlarda daraxtlar uchramaydi. Ayrim butalar esa bahordagi yomgʻir suvlari oqadigan oʻzanlar atrofida uchrab turadi. Togʻ oldi tekisliklarida efemer va efemeroid oʻsimliklar keng tarqalgan boʻlib, ular oʻziga xos guruh hamda assotsiatsiya (qavmlar)ni tashkil etadi.
Bir yillik oʻsimliklar (efemerlar) kuzda havo iliq va sernam boʻlgan paytlarda rivojlanib, qishda ob-havoga qarab turli darajada oʻsishda davom etadi. Janubiy viloyatlarda rivojlanish ancha jadal kechadi. Mart-Aprel oylaridayoq efemerlar nisbatan qisqa vaqt ichida gullab, meva tugashga ulguradi. Efemeroidlar (koʻp yillik oʻtlar) ham efemerlarga oʻxshab havoga mos ravishda kuzda, qishda va bahorda oʻsib rivojlanadi. Lekin piyozli va ildiz poyali efemeroidlar hayotiy jarayonlar kuz va qish fasllarida yer ostida davom etadi. Masalan, lolaning gʻunchalari tuproq ostidayoq shakllanadi.