Men Ortiqov Akobir buxdu biologiya yo’nalishi 9-3 Bios-20 guruh talabasiman. Amaliyotim davomida turli xildagi ochiq maydonlar, dala hamda manzarali o’simliklar mavjud bo’lgan ziyorat va istirohat bo’g’larida bo’ldim



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/5
tarix20.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#118357
1   2   3   4   5
Amaliyot hisobot

Qoʻngʻirbosh va iloq turkumiga mansub qator turlar eng keng tarqalgan efemeroidlardir. Bulardan tashqari yana isriqshuvoqlarning ayrim turlari va kovrakni uchratish mumkin.

Ra’nodoshlar oilasi
Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p bo’ladi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir nechta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi: Ca5Co5A G(1,5,∞). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor . Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar).
O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra’nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.
Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Do’lana (Crataegus) kabi O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan turkumlarni o’z ichiga oladi.
Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali õsimliklar oilasi. Daraxt, buta va õtlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda õʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va boshqa koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy R.da mevalar partenokarp va urugsiz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida Tapkalgan. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi usadi. R. oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshcha lar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); ol xoʻridosh ch alar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.R.ga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.
Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarida o’sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi. O’zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o’sadi.

Ra’nodoshlarning barglari yonbargchali, oddiy, uchga bo’lingan, panjasimon, patsimon yoki murakkab, poyada ketma –ket o’rnashgan
Gullari yakka-yakka, barg qo’ltig’ida o’rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to’pgullarda joylashgan, ikki jinsli, hashorotlar yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni murakkab, to’g’ri, ko’pincha 5 a’zoli. Gul tojbarglari 5 ta, qo’shilmagan. Changchilari ko’p. Urug’chisi 5tagacha yoki undan ham ko’p. Tugunchasi 1-5 uyli. Mevasi – quruq (yong’oqcha, to’pbargak) yoki ho’l (bir yoki ko’p danakli meva yoki soxta meva).
Bu oilaga tobulg’i, olcha, na’matak, olma, olxo’ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon kabi turkumlar kiradi.
Tog’ va to’qaylarda na’matak turkumiga mansub turlar o’sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no) dir. U bo’yi 3-4 m ga yetadigan, poyasi ko’p, tikanli sershox buta. Iyun- iyul oylarida gullaydi.Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti rangda bo’ladi. Na’matakning soxta mevasi to’q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm.
O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi. Na’matak madaniy atigullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning 10 mingga yaqin, O’zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi.
Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo’lib, O’zbekistonda ularning 5 ta turi bor. Shulardan 2 tasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniy turlardir.Nok guli va mevalari bilan olmaga o’xshaydi. Lekin mevasining etida tosh hujayralarning bo’lishi bilan olmadan farq qiladi. O’zbekistonda nok turkumiga oid 7ta tur bor.Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda madaniy holda ham ko’p tarqalgan. Ularga o’rik, shaftoli, gilos va olxo’ri, qulupnay, malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Oila vakillaridan ikkitasi ( O’rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi) O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.

Jag’-jag’ o’simligi



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin