BUGʻDOY o’simligi BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hozirgi dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B. yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bugʻdoy (T. durum) ekiladi. Qolgan turlari kam ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Koʻpgina B. turlari (ararat, maxa, Timofeev bugʻdoyi, urartu, fors bugʻdoyi va boshqalar)ning vatani Zakavkazyedir.
B. Old va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7—6 ming yilliklarda maʼlum boʻlgan. 17-asrdan boshlab Shim. Amerikada ekila boshladi. B. Yer sharida shim.da 66° shahri k.da (Shvesiya), Rossiyada esa tajriba maydonlarida 76*44’ shahri k.da (Murmansk viloyati); jan.da Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrikaning jan. chegaralarigacha ekiladi. Jahonda B. ekiladigan maydonilar 250 mln. gektarga yaqin boʻlib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% B.ga toʻgʻri keladi (oʻrtacha 360 mln. t dan ortiq). Asosiy gʻallakor mamlakatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. Oʻzbekistonda 90- yillarning boshidan respublikaning gʻalla mustaqilligini taʼminlash uchun B. ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).
Atirgul o’simligi Atirgul (Rosa) – raʼnodoshlar turkumining xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qoʻyilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda oʻsadigan turlari xalqda raʼno, naʼmatak, qirq ogʻayni va itburun nomlari bilan maʼlum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning Yer yuzida 250 – ZOYU turi, 25 mingdan ortiq navi bor. Oʻzbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi oʻstiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada oʻrnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib oʻsishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl boʻyi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib oʻsadigan xillari koʻproq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va qalamchasini ekib koʻpaytiriladi. Payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytirishda iyulda terilgan naʼmatak mevalaridan ajratib olingan urugʻlar nam joyda saqlanib, noyabr oxiri – dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urugʻ unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel – avg. davomida 4 – 5-marta chopiq qilinadi, 8 – 10-marta sugʻoriladi; avgust – sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari naʼmatakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak hammasi yolgon yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bogʻlagan chipta boʻshatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 – 2-marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 – 20 sm oʻsgach, uning boʻyiga choʻzilishiga va muddatidan oldin gullashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesilib, vaqt-vaqti bilan yon shoxlari qisqartib turiladi. Atirgulni maxsus oʻsishni faollashtiruvchi moddalar bilan ishlov berib qalamchalardan ham koʻpaytirish mumkin. Atirgul koʻchatlari gulzorlarga kuzda va bahorda oʻtqaziladi. Gulzor tuprogʻi oldindan 30 – 35 sm chuqurlikda yumshatiladi, 1 m2 yerga 5–10 kg goʻng solinadi. Koʻchat 70 x 70 sm oraliqda oʻtqaziladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurning kengligi 30 – 40 sm, chuqurligi 40 – 50 sm qilinadi. Yoz davomida gulzor 20-martagacha sugʻoriladi, 6-martagacha chopiladi, 2-marta (1m2 yerga 30 g selitra va 45 g ammoniy sulfat hisobidan) oziqlantiriladi, unshudring kasalligiga qarshi oltingugurt kukuni bilan dorilanad i, begona oʻtlardan xoli tutiladi. Kech kuzda novdalar 1 – 2 kurtak qoldirib kesiladi. Baʼzi navlarning gulbarglaridan gulqand, murabbo qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida Atirgul ochiq yerlarda apreldan noyabrning oxirigacha ochilib turadi, issikxonalarda yil boʻyi gul olish mumkin. Fransiya, Bolgariya, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ayrim turlari (damashq, fransuz va boshqalar) navlaridan qimmatbaho efir moyi olinadi.