Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi. Bu oila qabiladagi eng yirik oila bo'lib, Yer yuzida
keng tarqalgan 380 ta turkumga mansub 3200 tadan ziyod turlarni o'z ichiga oladi. Ular
Yevrosiyoda keng tarqalgan bir, ikki va ko'p yillik o't, ayrim butacha va past bo'yli butalar
dan tashkil topgan. Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan, ketma-ket joylashgan.
To'pguli siyrak shingilsimon. Gullari odatda to'g'ri (aktinomorf), ba'zan zigomorf, 2 jinsli va qo'sh
gulqo'rg'onli. Gulkosachabarglari 4 ta, tutashmagan, gultojibarglari 4 ta, qarama- qarshi
o'rnashgan. Changchisi ko'pincha 6 ta, bulardan 2 tasi qisqa, 4 tasi uzun chang iplariga ega.
Urug'chisi bitta, 2 ta. Gul formulasi: Ca2+2 Co2+2 Aj+4 G(2). Asosan hasharotlar yordami
da, ba'zan o'z- o'zidan changlanadi. Tugunchasi ustki. Mevalari qo'zoq yoki qo'zoqcha, ba'zan
yong'oqcha. Urug'i va birinchi yilgi tupi va ildizmevasidan ko'payadi. O'rta Osiyoda oilaning 107
ta turkumga mansub 431 ta turi, O'zbekistonda 25 ta turkumga oid 193 ta turi o'sadi. Bular orasida
madaniy o'simliklar sifatida ekiladigan bosh karam (Brassica oleracea), sholg'om (B. campcstris),
turp (Raphanus sativus), rcdiska (R. Sativa var radicula), o'sma (Isatis tinctoria) kabilar bor.
Oddiy jag‘-jag‘ jag‘-jag‘ turkumiga oid, bo‘yi 10-30 sm keladigan bir yillik o‘t. Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. Changchilari 6 ta. Urug‘chisi bitta. Oddiy jag‘-jag‘ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo‘zoqcha) hosil qiladi. 0 ‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur - oddiy jag‘-jag‘ o‘sadi. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘-jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi.