Inson zoti dunyoga kelganidan boshlab tabiat va jamiyat deb atalgan tashqi muhit bilan munosabatga kirishadi. Dastlab bu munosabat onglanmagan, intuitiv, biologik-genetik tarzda, keyinroq esa anglab etilgan, yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro’y beradi. Uni odatda, ikki xil deb ta’riflash qabul qilingan: birinchisi – insonning salomatligi va turmush tarzini farovonlashtirishga qaratilgan zohiriy-moddiy maqsadga erishish tamoyiliga asoslangan utilitar-empirik manfaatdorlik, ikkinchisi – botiniy-ruhiy manfaatdorlikni, maqsadga muvofiqlikni ta’minlaydigan hissiy-ma’naviy munosabatlar. Mana shu ikkinchi xil munosabatlar insonning insonligini belgilaydigan hodisalar hisoblanadi.