109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 12,32 Kb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü12,32 Kb.
#161468
1   2   3
109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org

f


 .
Tish gardishini tishlar cho’qqisining diametri (tishlarning tashqi diametri)– d
a
va botiqlik diametri d
f
ajratib turadi. Tishli g‘ildiraklarning xizmat vazifasidan kelib
chiqqan holda ularni markaziy teshiklari va tishli yuzalarini tayyorlashga alohida
e'tibor qaratilishi talab etiladi. Shunday qilib bu yuzalarni o‘zaro joylashishining
xatoligi 0,01-0,1 mm chegarasida bo‘lishi kerak. Tishli g‘ildiraklarni gardish
qismining sirtini markaziy teshik o‘qiga nisbatan perpendikulyarligi 0,05-0,1 mm
bo‘lishi talab etiladi. Markazi teshik IT6..IT8 kvalitet aniqligida va yuza tozaligi Ra
1,25… Ra 2,5 bo‘ladi.




111 
Tishli g‘ildiraklarni tayyorlash bo‘yicha talablar ularning aniqlik darajasi
bilan belgilanadi. Mashinasozlikda 5 dan 10 gacha aniqlik darajasiga ega bo‘lgan
tishli g‘ildiraklar qo‘llaniladi. 9 dan 10 aniqlik darajasidagilari ochiq tishli
uzatmalarda qo‘llanilsa 5-6 aniqlik darajasidagilar esa yuqori aniqlikdagi
mexanizmlarda qo‘llaniladi.
Tishli g‘ildiraklar tayyorlash uchun material uzatiladigan burovchi
momentning va aylanma tezlikning miqdoriga bog‘liq ravishda tanlanadi. Kichik
kuchlar ostida va kichik tezliklarda ishlovchi g‘ildiraklar, plastmavvalar, kul rang
yoki bolg‘alangan cho‘yanlardan toblanmagan konstruksion po‘latlar 30, 35 yoki 45
lardan tayyorlanadi. Katta kuchlar ta'sirida va yuqori tezliklarda ishlovchi tishli
ilashmalar g‘ildiraklari termik ishlov berilgan po‘lat 45 yoki legirlangan po‘latlar
40X, 12XN3A, 18XGT va shu kabilardan tayyorlanadi.
Tishli g‘ildiraklar xomashyolarning turi va tayyorlash usullari ularning
materiallarining turiga va ishlab chiqarish dasturiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘yandan
tayyorlanadigan xomashyolar quyma bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklarning o‘lchamlari
kichik bo‘lgan holda (50 mm gacha) barcha turdagi ishlab chiqarish sharoitida
xomashyo prokatdan kerakli o‘lchamlarda qirqib olish usuli bilan tayyorlanadi.
Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida o‘lchamlari katta bo‘lgan tishli
g‘ildirak xomashyolari bolg‘alash mashinalarida erkin bolg‘alash yo‘li bilan
tayyorlanadi. Kichik partiyadagi o‘rtacha o‘lchamlarga ega bo‘lgan tishli
g‘ildiraklar uchun xomashyo shtamplash usullari bilan tayyorlanadi. Ko‘p seriyali
va yalpi ishlab chiqarish sharoitida xomashyo yopiq shtamplarda bolg‘alash
mashinalarida, presslarda va gorizontal bolg‘alash mashinalarida tayyorlanib
birdaniga markaziy teshik hosil qilinadi.
Tishli g‘ildiraklarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonining amallarini
bajarish ketma-ketligi va tartibi ularni yuqorida ko‘rib chiqilgan turlarning qaysi
biriga mosligiga bog‘liq.





112 
Bir va ikkinchi turdagi «vtulka» ko‘rinishidagi bir va bir necha gardishli tishli
g‘ildiraklarni tayyorlash texnologik jarayonining ketma-ketligi quyidagicha:
-
sirt yuzalarini qirqib ishlash va markaziy teshikka qora va toza ishlov berish;
-
markaziy teshik bo‘yicha o‘rnatilgan holda tish ochiladigan yuzalarga va
boshqa yuzalarga qora, yarim toza ishlov berish;
-
tishlarni ochish (dastlabki va oxirgi marta tishlarni qirqish, agarda aniqlik
darajasi talab etsa shever yordamida ishlov berish);
-
termik ishlov berish;
-
qirqilgan tishlarga o‘rnatilgan holda markaziy teshikka toza ishlov berish;
-
tishlarga yakunlovchi ishlov berish (bu holda tishli g‘ildirak markaziy teshik
bo‘yicha o‘rnatiladi).
Uchinchi turga xos bo‘lgan «Disk» ko‘rinishidagi tishli g‘ildir,aklarga mexanik
ishlov berish ketma-ketligi yuqorida keltirilgan holda saqlanib qolsada, markaziy
teshik uzunligining qisqaligini e'tiborga olib asosiy texnologik yuza vazifasini tishli
g‘ildirak gardishining sirti bajaradi.
«Gardish» turidagi tishli g‘ildiraklarda yig‘ish bazasi vazifasini pog‘onali markaziy
teshikning sirti va gardishni gupchak bilan biriktirish uchun xizmat qiladigan
teshiklar bajarganligi uchun ularga va shu kabi yuzalarga ishlov berish ketma-ketligi
quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq:
-
ichki yuza sirtini qirqib ishlash va shu o‘rnatishda mumkin bo‘lgan barcha
yuzalarga ishlov berish;
-
markaziy teshik va ichki sirt yuza bo‘yicha o‘rnatilgan holda mahkamlash
teshiklariga ishlov berish;
-
tishli g‘ildirakni sirt yuzasi va ikkita mahkamlash teshiklari bilan o‘rnatilgan
holda tish qirqiladigan gardishga qora va toza ishlov berish:





113 
-
tishlarga dastlabki va oxirgi kesib ishlov berish:
-
ichki sirt yuzaga toza kesib ishlov berish (tishlar bo‘yicha o‘rnatilgan holda);
-
tishlarga yakunlovchi ishlov berish, bu holda tishli g‘ildirak sirt yuzasi va
ikkita mahkamlash teshiklari bo‘yicha o‘rnatiladi;
-
«Tishli val» ko‘rinishidagi tishli g‘ildiraklarga maxnik ishlov berish jarayoni
vallar tayyorlash texnologiyasiga mos keladi va quyidagi tartibda bo‘ladi;
-
sirt yuzalariga kesib ishlov berish va markaziy teshiklarni ochish;
-
tashqi aylanish yuzalariga qora va toza ishlov berish;
-
tishli g‘ildiraklarda mavjud teshiklar, shlisali yuzalar, shponka uyalari, rezbali
yuzalarga ishlov berish;
-
tishlarni ochish;
-
termik ishlov berish;
-
yuqori aniqlikka ega bo‘lgan pog‘onalar yakunlovchi ishlov berish:
-
tish yuzalariga ishlov berish.

Yüklə 12,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin