11- amaliy mashg‘ulot
CHiziqli va burchakli o‘lchashlar
Qattiq jismning chiziqli o‘lchami-bu uning uzunligi, eni va balandligi. “SI” tizimida
uzunlik birligi – metr. Metr bu yorug‘lik 1/299792458 sekund vaqt oralig‘ida vakuumda bosib
o‘tadigan masofadir.
YUza tekis geometrik jismlarni va sirtlarni miqdoriy harakteristikalaridan bo‘lib, “SI”
tizimida uning birligi – M
2
.
Hajm – geometrik jismlarni miqdoriy harakteristikalaridan biri bo‘lib, “SI” tizimida uning birligi
M
3
. CHiziqli o‘lchamlar bevosita o‘lchash usuli bilan aniqlanadi.
Bevosita o‘
lchash – o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba malumotlaridan
be’vosita topishdir. SHaklni yuza va hajm, bevosita usuli bilan topiladi.
Bilvosita o‘
lchash – be’vosita o‘lchangan kattaliklar bilan, o‘lchanayotgan kattalik
orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topishdir.
Hozirgi zamonda chiziqli o‘lchamni bajarish uchun turli o‘lchash asboblari qo‘llaniladi.