Uzunlikni o‘lchaydigan asboblar.
Uzunlikni
o‘lchaydigan
asboblarni ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Uzunlikni
o‘lchaydigan eng oddiy asbob masshtab lineykasi bo‘lib, u bo‘limlarga (asbob shkalasi)
bo‘lingan.
1- rasm. Nonius (A jismning uzunligi 3.7 mm ga teng)
Biror asbobdan foydalanib o‘lchashda eng avval shu asbob shkalasidagi bo‘limlar
qiymatini aniqlash kerak. Asbobning bo‘lim qiymati deb, shkalaning bir bo‘limiga to‘g‘ri kelgan
asbobda ko‘rsatilgan fizikaviy kattalining birliklari soniga aytiladi. Asbob ko‘rsatishini
aniqlayotganda ko‘zni shunday joylashtirish kerakki, bunda ko‘zdan shkala tekisligigacha fikran
tushirilgan perpendikulyar o‘lchanayotgan buyum chetidan o‘tsin.
Masshtab chizg‘ichi 1mm aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi. Millimetrning
o‘ndan bir ulushini chamalab aniqlash mumkin, biroq buning uchun malaka bo‘lishi kerak.
Uzunlikni aniqroq o‘lchashda shtangensirkuldan foydalanamiz. Uning eng asosiy qismi
noniusdir (1 - rasm). Nonius bir tomonida G chiziq va B masshtab lineykasi shkalasida erkin
harakatlana oladigan V qo‘chimcha chiz-g‘ichdan iborat. Agar nonius asosiy shkalasining 9 ta
bo‘limiga teng bo‘lgan uzunlikka ega bo‘lib, 10 ta teng bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa, u vaqtda
noniusning har bir bo‘limi asosiy shkalaning 0.9 bo‘lim qiymatini tashkil etadi.
O‘lchanayotgan A jism chiqish bilan nonius orasida 5 – rasmda ko‘rsatilganidek siqiladi.
Asosiy shkaladan butun millimetrlar olinadi, bizning misolda u 3 ga teng. Jismning uzunligida 3
mm dan tashqari yana mm ning nechta o‘ndan bir ulushi bor. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, nonius
7 bo‘limi pastki shkalaning bo‘limlaridan biriga to‘g‘ri keladi. Noniusning bo‘limlari asosiy
shkala bo‘limning 0.9 qismini tashkil qilgani uchun noniusning 6 chi bo‘limi asosiy shkalaning
chap tomonidagi bo‘lim yaqinidan 0.1 bo‘lim, beshinchi bo‘lim mos holda 0.2 bo‘lim, no‘linchi
bo‘lim esa 0.7 bo‘lim narida turadi. Bu A jismning uzunligi
3 mm dan tashqari yana 0.7 mm
uzunlikka ega ekanligini va jismning to‘la uzunligi 3.7 mm bo‘lishini ko‘rsatadi. Demak, nonius
bilan o‘lchanganda o‘nli ulushlar soni asosiy shkalaning biror bo‘limiga mos kelgan noniusning
bo‘lim nomeriga teng ekan.
SHtangensirkul 2-rasmda tasvirlangan. Uning bo‘lim qiymati 1mm bo‘lgan B
asosiy shkalasi bo‘lib noniusli ramka harakatlanadi. O‘lchanayotgan jism asosiy lineyka chizig‘i
bilan harakatlanuvchi ramka chizig‘i 2 orasiga qisib qo‘yiladi. SHtangensirkul yordamida
jismning uzunligini 0.05 mm aniqlikkacha o‘lchash munkin.
2 –rasm. SHtangensirkul
Uncha uzun bo‘lmagan jismlarning uzunliklarini mikrometr yordamida aniqroq o‘lchash
mumkin (3-rasm). O‘lchanayotgan buyum a chiqiq bilan odatda v kallakning
bir marta aylanishda 0.5 mm ga siljiydigan b qo‘zg‘aluvchan shpindel’ orasiga qisib qo‘yiladi
kallak aylanasi teng 50 bo‘lakka bo‘lingan. Kallak bo‘lim qiymatlari 0.5 mm li g shkalasi
bo‘lgan qo‘zg‘almas silindr atrofida aylanma harakat qiladi.
3- rasm. Mikrometr
O‘lchanayotgan uzunlikdagi butun mm lar soni g shkala yordamida pastki
bo‘limdan v kallak chetigacha aniqlanadi. YUqori bo‘lim yarim millimetrga to‘g‘ri keladi.
Millimetrning yuzidan bir ulushi v kallakning g shakaladagi to‘g‘ri chiziqqa mos keladigan
bo‘lim
orqali aniqlanadi. Bunday mikrometr yordamida 0.01 mm aniqlik bilan o‘lchash
mumkin.
YUqorida aytilganlardan
ko‘rinadiki,
o‘lchash
aniqligi
foydalanilayotgan
asbobning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari u o‘lchashni bajarayotgan kishining
ehtiyotkorligiga va e’tiboriga bog‘liqdir.
Agar uzunlikni shtangensirkul bilan o‘lchaganda natija 18.4 mm chiqqan bo‘lsa u
holda uning haqiqiy qiymati 18.35 mm bilan 18.45 mm orasida bo‘ladi. “0.1 mm aniqlik bilan
o‘lchanadi” degan so‘zlarni shu ma’noda tushunish kerak. O‘lchash natijasida olingan sondagi
raqam keyingi hona (razdel) birliklarni yahlitlab olish natijasi bo‘ladi. Hozirgina tavsiflangan
asboblardan ko‘ra ancha murakkab zamonaviy usullar va asboblar uzunliklarni 1mkm gacha
aniqlik bilan tez o‘lchash imkonini beradi.
Har qanday chiziqiy o‘lchamni ham be’vosita aniqlash qulay beravermaydi. Agar
aylana uzunligini bilish kerak bo‘lsa, amalda uning diametrini o‘lchash osonroq bo‘lsa,
uzunligini esa quyidagi formula bilan xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |