11-amaliy mashg‘ulot mavzusi gapning modal aspekti adabiyotlar



Yüklə 22,72 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü22,72 Kb.
#180612
1   2   3
11-amaliy ishlanma

topshiriq.

@ 1-topshiriq. Quyidagi matnlardagi modallikning ifodalanishi, ifoda shakli va vositalarini aniqlang.
O’sha kuni men cholning mahalladoshlari maqtaganchalik rassom ekanligiga sira ishonmadim va uning suratlarini ko’rib, yana ham hafsalam pir bo’ldi. Bu suratlar menga umid qo’shinlari tashlab ketgan umrning tashlandiq qarorgohlariga o’xshab tuyuldi. Endi uni shunchaki nomiga maqtashgan bo’lsa kerak, deb o’ylay boshladim. Suratlardagi mavhumlik negadir yuragimni g’ash qilgandi. Biroq cholning hayoti bir paytlar bir kechada porillab ochilgan guldek to’siq bilmas shiddat bilan boshlanganini, so’ng bu shiddat hayotning mavhum irmoqlariga xuddi yoz yomg’iri jazirama sahroga singgan kabi qo’shilib ketganini suratlariga qarab his etgandim. Uning o’sha navqironlik davrini eslatayotgan qontalash va shilpiqlanib qolgan bo’lsa ham, hali tiyraklik bilan tikiladigan ko’zlarida qolgan edi. (Nazar Eshonqul).
Ovdan qaytib kelsak, enajonim o’zi peshin namozini o’qib, yotgan joyida bo’lsa ham, mayli o’qisin, savobi ko’p bo’ladi, deya endi bobomning yuz-qo’llarini chilopchinga yuvdirayotgan ekan. Bobomga qarab, “Xayriyat, o’lmabdi, endi hech ham o’lmaydi”, - deb o’yladim (X.To’xtaboyev).


@ 2-topshiriq. Berilgan gaplar orasidan darak gaplarni aniqlab, undagi turli xil modal ma’nolarni tushuntirib bering.
1. Men o‘z baxtimni, quvonchimni, boyligimni uzoqda, olis tog‘lardan topib keltirdim.(M.Qoriev). 2.Jamshid shu fikrda darvozadan asta uzoqlashdi. (T.Malik) 3.Bekorga halloslab yurgandan ko‘ra, boynikida yashash yaxshiroq emasmi? (G‘.G‘.) 4.Pulni olmaganimni, vijdonim pokligini kim bilab o‘tiribdi? (T.Malik). 5.Afzalxon akam anchagacha cho‘kkalab o‘tirdi-da, sekin qaddini rostladi. (O‘.Hoshimov). 6. Oy nuriga ters o‘tirgani uchun uning yuzida, ko‘zida qandoq ifoda aks etayotganini bilmasdim (S.A.).


@ 3-topshiriq. Badiiy asardan olingan parchadagi gaplarni ob’ektiv va sub’ektiv modallikka ko’ra shakliy ko’rsatkichlari va ifoda vositalari asosida tahlil qiling.



Yüklə 22,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin