11-Amaliyot mashg‘uloti. Mavzu: Ajraladigan optik ulagichlarning xarakteri-stikasini tadqiq etish. Ishdan maqsad



Yüklə 244,87 Kb.
səhifə1/4
tarix20.12.2022
ölçüsü244,87 Kb.
#76719
  1   2   3   4
11-amaliyot



11-Amaliyot mashg‘uloti.
Mavzu: Ajraladigan optik ulagichlarning xarakteri-stikasini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Optik aloqa liniyalarida qo‘llaniluvchi passiv optik qurilmalar qatoriga kiruvchi optik ulagichlarning xarakteristikalarini o‘rganish.
1.Nazariy qism

Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elementlari – yorug‘lik manbai va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa, optik tolaning oraliq bo‘laklarini ulashda qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ajralmaydigan optik ulagichlarda ular tomonidan kiritiluvchi yo‘qotishlar sathi nisbatan past bo‘lib, uning son qiymati 0,04 dB ni tashkil etadi. Bundan tashqari ajralmaydigan optik ulagichlar ulanishlarda aniq doimiylikni ta’minlaydi.


11.1-rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko‘rsa-tilgan. Bu ulagich foydalanish chog‘ida bir-biri bilan ulanadigan ikki qismdan - uya va shtir qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o‘zaro gayka bilan mustahkamlanadi.
Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo‘qotishlarining imkon qadar kam bo‘lishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof muhit omillarining ta’siriga va boshqa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi.



11.1-rasm. Shtekkerli ajraladigan optik ulagich.

Endi optik ajraladigan ulagichlar ta’minlashi lozim bo‘lgan parmetrlarni ko‘rib chiqamiz. Bular quyidagilar:



  • Optik parmetrlar;

  • Mexanik parametrlar;

  • Tashqi muxit ta’siriga chidamliligi

Ajraladigan optik ulagichlarning optik parametrlari


Optik ajraladigan ulagichlarning optik paremtrlariga so‘nish xamda teskari akslanish kattaligi kiradi.
Ajraladigan optik ulagichning so‘nishi bu quvvatning yo‘qotilish deyiladi, va bu optik aloqa liniyasining to‘liq so‘nishiga qo‘shilib ketadi.
Optik signalning optik ajraladigan ulagich orqali o‘tishidagi so‘nishi quyidagicha aniqlanadi:
A = - 10 lg (P1/P2),
Bu yerda P1 – liniyaga optik ulagich qo‘shilgandan keyingi nurlanish quvvati; P2 - bazaviy optik quvvat(ya’ni ajraladigan optik ulagich liniyaga qo‘shilmasdan oldingi optik signal quvvati).
Nisbatan keng tarqalgan fizik kontaktli optik ulagichlar uchun xos bo‘lgan o‘rtacha so‘nish qiymati 0,2 dB gacha, maksimal xolatda 0,4 dB gacha bo‘lishi mumkin.

Yüklə 244,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin