11-Amaliyot mashg‘uloti. Mavzu: Ajraladigan optik ulagichlarning xarakteri-stikasini tadqiq etish. Ishdan maqsad



Yüklə 244,87 Kb.
səhifə3/4
tarix20.12.2022
ölçüsü244,87 Kb.
#76719
1   2   3   4
11-amaliyot

Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9.


Amaliyot mashg‘uloti javoblari


1.Optik ulagichlar va ularning turlari va vazifalari.
Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elementlari – yorug‘lik manbai va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa, optik tolaning oraliq bo‘laklarini ulashda qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ajralmaydigan optik ulagichlarda ular tomonidan kiritiluvchi yo‘qotishlar sathi nisbatan past bo‘lib, uning son qiymati 0,04 dB ni tashkil etadi. Bundan tashqari ajralmaydigan optik ulagichlar ulanishlarda aniq doimiylikni ta’minlaydi. Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo‘qotishlarining imkon qadar kam bo‘lishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof muhit omillarining ta’siriga va boshqa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi.


2. Ajraladigan optik ulagichlar.

Optik ajraladigan ulagichlarning optik paremtrlariga so‘nish xamda teskari akslanish kattaligi kiradi.


Ajraladigan optik ulagichning so‘nishi bu quvvatning yo‘qotilish deyiladi, va bu optik aloqa liniyasining to‘liq so‘nishiga qo‘shilib ketadi.
Optik signalning optik ajraladigan ulagich orqali o‘tishidagi so‘nishi quyidagicha aniqlanadi:
A = - 10 lg (P1/P2),
Bu yerda P1 – liniyaga optik ulagich qo‘shilgandan keyingi nurlanish quvvati; P2 - bazaviy optik quvvat(ya’ni ajraladigan optik ulagich liniyaga qo‘shilmasdan oldingi optik signal quvvati).
Nisbatan keng tarqalgan fizik kontaktli optik ulagichlar uchun xos bo‘lgan o‘rtacha so‘nish qiymati 0,2 dB gacha, maksimal xolatda 0,4 dB gacha bo‘lishi mumkin.
3. Ajralmaydigan optik ulagichlar
Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay yordamida ulash hisoblanadi (7.4- rasm). Chizmadan ko‘rinadiki, ulashning bu usulida ulanadigan optic tolalalar shisha nay ichiga ko'ndalang kesimlari hir-biriga zichlashtirilgan holda joylashtirilib, nay va tolalar o'rtasidagi oraliq kompaund qatlam bilan to‘ldiriladi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo‘qotishlarning qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi. Optik tolalarni silindrsimon ariqchali plastina yordamida ulash usulidan ham foydalaniladi (7.5-rasm). Bu usulda tayyorlangan ulagichlarda optik tolalar uchlarining ko'ndalang kesimlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo'qotishlar
sathi 0,5 dB ni tashkil etadi

Yüklə 244,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin