6 –Nazariy qism



Yüklə 55,67 Kb.
səhifə1/3
tarix26.12.2023
ölçüsü55,67 Kb.
#198042
  1   2   3
6-Amaliy ishi


6-AMALIY ISH. AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN OPTIK ULAGICHLAR, OPTIK ATTENYUATORLARNING XARAKTERISTIKASINI TADQIQ ETISH.
6 –Nazariy qism
6.1. Optik ulagichlar

Tolali optik aloqa tizimlari liniyalarini o‘tkazishda uzatuvchi, qabul qiluvchi va liniya traktlarini tashkil etuvchi elementlarni o‘zaro ulashdan iborat texnik masala yuzaga keladi va bu masala optik ulagichlar yordamida hal etiladi. Optik ulagich – bu nurlanishni kiritish va chiqarish joyida tolali optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini, optoelektron modullarni kabel tolalari bilan ulash, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri yoki boshqa komponentalar bilan ulash uchun mo‘ljallangan qurilma. Ulagichlarning ajraladigan va ajralmaydigan turlari mavjud. Ajralmaydigan ulanishni ta’minlovchi asosiy montaj usuli payvandlash hisoblanadi.


6.2. Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi

Optik aloqa tarmog‘ining har bir tugunida kabelning optik tolalarini optik sxema elementlariga ulash imkoniyati ta’minlanishi kerak. Buning uchun odatda ajraladigan ulagichlardan foydalaniladi. Optik tolalarni optik sxema elementlariga ulash kommutatsiya qutilari, taqsimlovchi shkaflar va krosslar yordamida amalga oshiriladi. Ularda optik rozetkalar va optik kabelni mahkamlovchi elementlar joylashtiriladi. Tolali kabelning yorug‘lik uzatgichlari zaruriy kommutatsiyani amalga oshiruvchi optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.


Ajraladigan ulagichlardan optik aloqa liniyasining alohida passiv elementlarini ulashni ta’minlash uchun ham foydalaniladi. Bu turdagi ulashlar odatda tolali shnurlar – pigteyllar yordamida amalga oshiriladi. Har bir shnurning oxirgi uchlari sifatli ulanishga erishish uchun optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.



6.1-rasm. Shtekerli ulash: a - uya; b-shtir; d-ajraladigan ulagich; 1 - tola;
2 - kanal; 3 - birlashuvchi yuzalar.

6.1-rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu ulagichda uya va shtir qismlari ulanadi. Ulanishdan so‘ng gayka bilan mustahkamlanadi. 6.1-rasmda ulagichning uyali qismi yuzasidagi rezba va gayka ko‘rsatilmagan [6].


Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: kirituvchi yo‘qotishlari va teskari aks etishlari kam, tashqi mexanik, klimatik va boshqa ta’sirlarga bardoshli, yuqori ishonchli, tuzilishi sodda va ko‘p martalab takroriy ulanishlardan so‘ng xarakteristikalari kam o‘zgarishi kerak.
Hozirgi vaqtda optik konnektorlarning bir-biridan ulash turi va qayd etish qobiliyati bilan farqlanadigan o‘nlab turlari mavjud. Quyidagi konnektor turlari ayniqsa keng tarqalgan (6.2-rasm):
-ssilindr ko‘rinishga va rezbali mahkamlagichga ega FC turidagi konnektor;
- to‘g‘ri burchakli ko‘rinishga va push – pull turidagi qayd etish mahkamlagichiga ega SC turidagi konnektor.

Yüklə 55,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin