11-Maktabgacha tarbiya Yoshi Reja



Yüklə 161,91 Kb.
səhifə16/17
tarix24.10.2022
ölçüsü161,91 Kb.
#66002
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
11-Maktabgacha tarbiya Yoshi Reja

Venna diagrammasi

3-ilova.
Insert usuli
Insert usuli”

Insert - samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib,
mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar
oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o’z
fikrini ifodalaydi.


Matnni belgilash tizimi
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.

Insert jadvali


Tushunchalar


V


.+.


.-.


.?.

Go’daklik davri.










Ilk bolalik davrining psixik xususiyatlari.










Sensor va intellektual taraqqiyot










Bog`cha yoshi davrining eng muhim xususiyati.










Maktab ta`limiga psixologik tayorgarlik, uning ob`yektiv va sub`yektiv toonlari.













Chaqaloqik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyatsiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo’ladi. Oyog`i va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi.

Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.
O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.
1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy manikulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.



Yüklə 161,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin