11-maruza. Elektron hukumat reja Elektron hukumat tushunchasi, -fayllar.org (1)
hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga,
kadastr va ko‘chmas mulk obyektlariga, geografik va boshqa obyektlarga beriladigan, ularni
elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar;
elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir
tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; elektron davlat xizmati — axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Elektron hukumatni turlicha ta’riflash mumkin. Keng ma’noda, elektron hukumatning
vazifalari va xizmatlar ko‘rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo‘llash
ko‘rinishida belgilanishi mumkin. Shuningdek, elektron hukumatni ― davlat oganlari
ko‘rsatayotgan hizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish
maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham o‘rinlidir. Bundan
tashqari, elektron hukumatni AKTni ko‘llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat
ko‘rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimi deb
ta’riflash mumkin.
E-xizmatlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular davlat organlari faoliyatining
ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida nafaqat shu tashkilotning, balki butun
mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlar orqali
umumlashtirsa bo‘ladi.
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi:
1. AKT dan foydalanish (kompyutertarmoqlari, internet, faks va telefon);
2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar,
ma’muriy boshqaruv);
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy
yoki ma’muriy jarayonlarga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish);
2
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarnin gtegishli jarayonlarda qatnashish