4
ko‘tarilib oldi. Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni
qo‘ygan - dunѐ davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish.
Koreyaning ―Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari‖ nomli dasturiga
muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan: - davlat boshqaruvi organlarining faoliyat
ko‘rsatishi - davlat xizmatlarini ko‘rsatish - axborot resurslarini boshqarish - qonun ijodkorligi
tizimi Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi
mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 2007-yilga kelib Koreyada
markaziy boshqaruv organlarining 34 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni
qayta ishlashning milliy elektron tizimi - ―On-Nara‖ (koreyscha, onlaynmamlakat) tizimidan
foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati
30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning
innovatsion tizimi - ―On-Nara‖ 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi
maqsadlar qo‘yilgan: - ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv
jaraѐnlarini standartlashtirish; - davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini
boshqarishni yagona tizimga solish; - tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va
tarqatishni ta’minlovchi turli jaraѐnlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish.
2008yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va
turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga
integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat
xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa
davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni
shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan.
Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan
texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati turli
sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda,
bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha
avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunѐda elektron hukumatning
rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Takrorlash uchun savollar
1. Elektron hukumat haqida ma’lumot bering.
2. Davlat xizmati deganda nimanu tushunasiz?
3. Interaktiv xizmarlar haqida ma’lumot bering.
4. Elektron hukumatning asosiy vazifalari haqida fikr bildiring.
5. Elektron hukumatning asosiy tamoyillari haqida ma’lumot bering.
6. Elektron hukumatning joriy etishning jahon tajribasi haqida ma’lumot bering.