11-maruza. Elektron hukumat reja: Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari


-MA’RUZA. ELEKTRON BIZNES VA MOBIL-TIJORAT



Yüklə 194,8 Kb.
səhifə33/52
tarix27.12.2023
ölçüsü194,8 Kb.
#199738
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
11-maruza. Elektron hukumat reja Elektron hukumat tushunchasi, -fayllar.org (1)

14-MA’RUZA. ELEKTRON BIZNES VA MOBIL-TIJORAT 

REJA: 
1. Elektron tijorat bozori tushunchasi 
2. Elektron tijorat tizimi asoslari 
3. Internetda elektron magazin va tijorat modeli
1. Elektron tijorat bozori tushunshasi 
Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat'iy ta'rif berish bugungi kunda
oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli
nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish orqali sotib olish, deya ta'riflanadi.
Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratni juda ko'p ta'riflari
keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu qususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy
qolda bu erda "elektron" va "tijorat" so'zlarini tashkil etuvchilari bugungi kun hisobi bilan qanday
ma'no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat tushunchalarini amaliy
nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz.Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar
buyurtmasini qabul qilish, to'lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi
boshqaruvda qatnashuvni o'z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi
tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida
o'tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o'tishi
ta'minlanadi.Keltirilgan ta'rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so'zlar bilan
elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo'lgan maqsadni o'zida aks ettiradi.
haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat
kelishuvlar to'liq yopiq amallarni (operatsiyalar) elektron yo'l bilan o'tishini ta'minlaydi.
Keyinchalik esa biz shunga amin bo'lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan
tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari,
masalan tovar va xizmatlar to'lovini o'z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifda "savdo" va
"Internet" so'zlari yo'q bo'lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet
elektron tijoratni kiritish bo'yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron
tijoratda Internet imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning o'zi esa
bundan uzunroq tarixga ega.Elektron tijorat tushunchasining paydo bo'lishi 1948 yilda g’arbiy
Berlinni kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta'minlash uchun g’arbiy mamlakatlar tomonidan
bunyod etilgan avia ko'prikni tashkillashtirish ishlarida qo'llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi.
Ushbu ko'prik deyarli 11 oy faoliyat ko'rsatib, shahar ehtiyojlari to'g’risida juda tez va aniq
ma'lumotlar uzatilishini talab qilgan.Agar Berlin avia ko'prigini elektron tijoratning paydo bo'lish
nuqtasi yoki aloqida epizodi hisobida ko'rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish
faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin.
Loyihaning asosiy g’oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta
ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so'zlashuv uchun
hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o'z navbatida,
800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bo'ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu
xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi.
Elektron savdosidagi chiqimlar sanoatning ichki xarakteriga aloqadar bo’ladi. Elektronli effektiv
sxemaning savdo nuqtasini o’ylab topish-internet orqali echiladi.
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki
bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni
sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning
predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil
qiladi.Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi.
Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa
muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron



28
magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda


chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt
disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji
uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin.
Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan
savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik
tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek,
moliya, ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida
ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz
www.torg.uz
oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin,
www.artel.uz
esa
texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz
mumkin.

Yüklə 194,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin