B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli
elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana
savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi
bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi. B2C tizimlariga quyidagilar taaluqli: •
Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan
Webvitrinalar;
•
Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo
jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud;
Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la
integrasiyalangan Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar.
Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli
avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli
saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha.
Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida
anchagina farq bor:
1.
Elektron biznes –faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes
jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda
elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global
axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.
2.
Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat
biznesfaoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi
bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu
barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi.
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan
operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday
biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi.
Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi.
Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish
majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday
saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash
lozimki, Web-vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi.
Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. Internetda elektron
biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira
boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon-Internet magazini
ochilgan.