Mavzu: O'qish darslarida hikoya o'tish uslubiyoti 1-sinf mundarija kirish i-bob. O’qish kitoblarida berilgan she’rlar haqida



Yüklə 57,08 Kb.
səhifə1/5
tarix03.12.2023
ölçüsü57,08 Kb.
#172065
  1   2   3   4   5
O\'qish darslarida hikoya o\'tish uslubiyoti 1-sinf


Mavzu: O'qish darslarida hikoya o'tish uslubiyoti 1-sinf
MUNDARIJA


KIRISH
I-BOB. O’QISH KITOBLARIDA BERILGAN SHE’RLAR HAQIDA
1.1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish
1.2. O’qishning o’ziga xos turlari
II-BOB. O’QISH DARSLARIDA SHE’RLARNI O’RGATISH
2.1.She’r va uni o’qitishning usullari
2.2. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov alohida uqtirganidek, «Xalq-bamisoli ulug’ sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamda qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degangap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi»1 Xudi shu g’oya maqsad va tushuncha «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir. Biz, o’zimizning mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» ga kiritilgan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlar ijodi namunalaridan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik. Bitiruv malakaviy ishining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan o’rta umumiy ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga, xususan 1-2-3-4 sinflarga beriladigan bilim va tushunchalar hozirgi davr talabalari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, biz o’z bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf darsliklariga kiritilgan zamondosh shoirlar, yozuvchilar Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini tahlil qilishni o’z oldimizga maqsad qilib quydik. Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ham mazkur o’qish uchun topshiriladi. Albatta bu o’qishlarning boshida o’qituvchi-murabbiylar turadi. Bolalarning o’qishlariga rahbarlik qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerakki, Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bunday buyuk xizmatlarini ta’riflab degan edi: «Dunyoda nufuzli kasblar ko’p, ammo ular orasida o’qituvchilik kasbi alohida yuksak mavqyeiga ega. Ayni zamonda o’qituvchi kasbiga nihoyatda katta talablar quyiladi, chunki biz murabbiy, muallimni qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»2



Yüklə 57,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin