11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org

Infiltratsiya nazariyasi
Infiltratsion suvlar - atmosfera yog`inlari va yer usti o?ova suvlarining yerga sizib kirishi natijasida hosil bo`ladi;
Infiltratsiya nazariyasiga asosan atmosfera yog`inlari t rt qismga bo`linadi. Birinchi qismi yer usti suvi oqimlarini hosil qiladi, ikkinchi bir qismi-bug`lanadi, uchinchisi - simliklar bilan iste'mol qilinadi va t rtinchi qismi esa tog` jinslariga shimiladi. Yog`in suvlarining tog` jinslariga sizib kirishi yerning geologik tuzilishiga, jinslarning g`ovakligiga, yoriq va bo`shliqlariga bog`liq.
8-jadval
Qoraqum sharoitida kondensatsiya jarayonida hosil bo`ladigan suv miqdori, mm
A.F. Lebedev kondensatsiya nazariyasini ishlab chiqish bilan bir qatorda, tabiatda keng k lamda atmosfera yog`inlarining aeratsiya mintaqasiga infiltratsiya bo`lishini va bu suvlar yer osti suvlarini oziqlantirishga sarf bo`lishini ko`rsatdi. Infiltratsiya tezligi yog`inning miqdoriga va yer qobig` yuqori qatlamining litologik tuzilishiga bog`liq. Yog`inning miqdori qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik ko`p suv erkin suv ko`rinishida tog` jinslariga sizib kiradi va yer osti suvlarini oziqlantirishga ketadi. Boshqacha aytganda, tog` jinslarining va tuproqlarning suv o`tkazuvchanligi qanchalik yaxshi bo`lsa yog`in suvlarining shunchalik ko`p miqdori yer osti suvlariga yetib boradi.
Infiltratsiya jarayonida atmosfera yog`inlari suvlari o`z yo`lida suvni yomon o`tkazadigan jinslar ustida yigiladi va natijada yer osti suvlarining bir necha gorizontlarini hosil qiladi. Infiltratsiya jarayoni uzluksiz davom etmay, davriy ravishda atmosfera yog`inlarining rejimiga, havoning va tog` jinslarining haroratiga bog`liq ravishda davom etadi.
Atmosfera yog`inlarining yer ostiga sizib kirishi juda murakkab jarayondir va qator tabiiy omillar ta'siri ostida-iqlim (yog`inning jadallik miqdori, havoning harorati va boshqalar) geologik (tog` jinsi g`ovakligi, yoriqlari, suv o`tkazuvchanligi), geomorfologik (relefning tavsifi, yer yuzining qiyaligi) simliklar ta'sirida rivojlanadi.
Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoliy va markaziy hududlarida yog`inning yillik miqdori 450-700 mm ni tashkil qiladi va bu yerlarda ularning infiltratsiyasi uchun sharoit qulay, janubiy tumanlarda esa yog`inning miqdori oz va infiltratsiya tezligi 2-3 barobar sekin bo`ladi.
Markaziy Osiyo sharoitida yog`inning miqdori juda oz bo`lgani uchun yer osti suvlari deyarli infiltratsiya hisobiga oziqlanmaydi. Faqat tog` oldi va tog`lik hududlarda infiltratsiya hisobiga yer osti suvlari ko`payishi mumkin. Turli tabiiy mintaqalarda yillik atmosfera yog`inlarining 5-40% infiltratsiya orkali sizot suvlariga yetib borishi mumkin.
Arid iqlimli mintaqalarda atmosfera yog`inlarning miqdori juda oz va bug`lanuvchanlik juda katta bo`lganligi uchun sizot suvlari infiltratsiya hisobiga deyarli oziqlanmaydi. V.N.Kunin ma'lumotlari bo`icha qoraqumda sizot suvlari atmosfera yog`inlari hisobiga yiliga 25 mm gacha ozuqa olishi mumkin.
D.M.Katsning (1959y.) ma'lumotiga ko`ra Buxoro viloyatida sizot suvlari 0,90 m chuqurlikda joylashgan yerlarda, infiltratsiya hisobiga 30 mm suv qo`shilishi mumkin va infiltratsiya 1,5 metr chuqurlikda deyarli sodir bulmaydi.
9-jadval
Sizot suvlarining atmosfera yog`inlari hisobiga oziqlanishi

(yog`inning yillik miqdoriga nisbatan % hisobiga)

Nihoyat sizot suvlari sug`orish dalalarida infiltratsiya jarayoni hisobiga katta miqdorda, sug`orish me'yorining 20-40% miqdorida ozuqa oladi. Xozirgi vaqtda yer osti suvlarining hosil bo`lishida, atmosfera yog`inlaridan tashqari yer usti suvlari ham katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.
Daryolarning quyi oqimida ko`p miqdordagi suvlar filtratsiyaga sarf bo`ladi. Quyi oqimlarda daryolar ko`p miqdorda yotqiziklar yotqizadi va vaqt o`tishi bilan daryoning o`zani atrof yerlarga nisbatan ko`tarilib qoladi. Shu sababdan yer osti suvlari daryo suvlarining hisobiga doimiy ravishda ko`payib turadi.
Bunday hodisa tog` yonbag`irlariga yaqin joylashgan va suvni yaxshi o`tkazuvchi shag`allardan tashkil topgan daryo oqimlarining tashilish konuslarida keng rivojlangan bo`ladi.



Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin