6. Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi Suvda erigan mineral moddalar yig`indsiga umumiy mineralizatsiya deyladi.
Tarkibidagi tuz miqdoriga ko`ra yer osti suvlari quyidagicha bo`linadi:
a) chuchuk – tuz miqdori – 1 g/l gacha;
b) past tuzli tuz - miqdori– 1...10 g/l gacha;
c) sho`r – tuz miqdori – 10...50 g/l gacha;
d) o`ta sho`r – tuz miqdori – 50 g/l dan ortiq.
Mineralizatsiya harlakteri bo`icha quyidagicha bo`linadi:
- xloridli – NaCl, MgCl2, CaCl2;
- sulfatli – Na2SO4, MgSO4, CaSO4;
- gidrokarbonatli – NaHCO3, Mg(HCO3)2, Ca(HCO3)2.
Kalsiy va magniy tuzlari yer osti suvlariga maxsus qattiqlik xususiyatlarini ato etadi.
Tarkibida Ca va Mg ionlarining miqdoriga ko`ra suvning xususiyatiga - suvning bikirligi deymladi.
Bikirligi bo`icha suv quyidagicha taqsimlanadi:
1. Yumshoq – bikirligi 3 mg ekvdan kam;
2. O`rtacha bikirlikdagi – bikirligi 3...6 mg ekv;
3. Bikir – bikirligi 6...9 mg ekv;
4. O`ta bikir – bikirligi 9 mg ekv dan orti?.
1 mg ekv bikirlik deb 1 litr suvda 20,04 mg kalsiy ioni 12,16 mg magniy ioni bo`lgan suvga ataladi. Bikrlik vaqtnchalik yoki doimiy bo`lishi mumkin. Suvning minerallashish darajasi va harlakteri uning beton va metallga nisbatan tajovuzkorligiga (agressivnost) o`z ta'sirini o`tkazadi.
Tajovuzkorlik quydagi turlarga bo`linadi:
1) ishqoriy – betondagi ohakning erishi va chiqarilishi sodir etiladi; suvda HCO3- ionlarining kam miqdorda bo`lgan holda vujudga keladi;
2) umumkislotali – pH vodorod ko`rsatkichining pastligi bilan bog`liq bo`lib, natijada betondan ohakning chiqarilishi yuzaga keladi;
3) karbonat kislotali – CO2 karbonat kislotasi ta'sirining natijasida sodir etiladi;
4) sulfatli – suv tarkidida SO42- sulfatning mavjudligi bilan bog`liq. Yangi birikmalarning kristallanishi balan bog`liq bo`lib, beton hajmining ortishiga va uning yemrilishiga olib keladi;
5) magnezial – sulfatliga o`xshash, betonga tarkibida Mg2+ ko`p bo`lgan suvning ta'sirida uning yemirilishiga olib keladi.
Tajovuzkorlikka qarshi kurashishda maxsus sementlardan foydalaniladi, yer osti konstruksiyalari gidroizolyasiyalanadi, grunt suvlari sathi pasaytiriladi va h.k.