11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja


Sedimentatsion suvlar nazariyasi



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə5/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org

Sedimentatsion suvlar nazariyasi
Suv havzalari ostida hosil bo`lgan cho`kindilar uta bo`shak serg`ovak bo`ladi va ulardagi suvlarning miqdori 80-90% ga yetishi mumkin.

A.P.Lisitsin (1974 y.) ning hisoblariga ko`ra yiliga okean va dengizlar turli manbalardan tubiga 26 mlrd. tonna cho`kindi yotqizilar ekan. Agar bu cho`kindilarning tabiiy namligi 70% ni tashkil qilsa, cho`kindilar tarkibidagi suv miqdori yiliga 60 km3 tashkil qiladi. Bu suvlarning ko`pgina qismi cho`kma hosil bo`lgandan so`nggi birinchi yillarda havzaga qaytariladi. Keyinchalik cho`kindilarning qalinligi ortishi yoki sedimentatsiya jarayoni diagenez jarayoniga tishi davrida cho`kindilar zichlanib boradi va birlamchi cho`kmadan tog` jinsi hosil bo`ladi. Zichlik ortib borishi bilan g`ovaklik ham kamayib boradi va natijada cho`kindilardan erkin suv siqib chiqarila boradi. Siqib chiqarilgan suvning bir qismi cho`kindi hosil bulayotgan va cho`kma cho`kayotgan dengiz yoki chuchuk suvli havzaga qayta qo`shiladi. Gillardan siqib chiqarilgan suvlarning ko`pgina qismi kolektor-qatlamlarga (qumlar, qumtoshlar, qisman ohaktoshlar) o`tadi va cho`kindi hosil bulayotgan maydonlar ko`tarilsa va quruqlikda aylansa, siqib chiqarilgan suvlar tabiatdagi suvning aylanma harakatiga qo`shiladi.


Cho`kindidan tog` jinsi hosil bo`lishi bilan va tog` jinslarining zichlanishi, mineralogik tarkibining va strukturasining o`zgarishi bosqichida tog` jinslaridan bog`langan suvlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu jarayonning tezlashuviga haroratning 300oS dan 2000oS gacha ko`tarilishi sabab bo`ladi va deyarli gil zarrachalari yuzasidan yuzaning tortish hisobiga joylashgan suvlarning deyarli hammasi ajralib chiqadi va erkin holatga o`tadi. Yuqorida joylashgan qatlamlarning bosimi ortishi tufayli bu suvlar suv o`tkazuvchanligi yuqori jinslarga siqib chiqariladi, gil zarralari yuzasidan mustahkamrok bog`langan suvlarning siqib chiqarilgan qismi esa katagenez mintaqasigacha (60 km gacha) davom etadi.
Bu qadimiy dengiz cho`kindilari yotqiziqlari hosil bo`lishi va metamorfizm jarayonlarida tog` jinslarining zichlashuvi natijasida siqib chiqarilgan suvlar sedimentatsion (qoldiq) suvlar deb yuritiladi.
Sedimentatsion suvlar yuqori minerallashuvga ega va ularda erigan tuzlarning miqdori 150-300 g/litrga yetishi mumkin.
Sedimentatsion suvlarda erigan tuzlardan xlorli natriy tuzi ko`p uchraydi. Ilgari taklif qilingan gipotezalarga asosan, bu yuqori minerallashuvga ega bo`lgan suvlar qadimiy dengiz suvlarining qoldig`i hisoblanadi. Bu suvlar dengiz havzalarida cho`kindi yotqizilishi bilan bir vaqtda hosil bo`lgan va o`z tarkiblarini xozirgi vaqtgacha o`zgarmas tarkibda saqlab kolishgan. V.I.Vernadskiy, N.K.Ignatovich, G.N.Kamenskiy, K.I.Markov, A.M.Ovchinnikovlarning fikricha, ma'lum tabiiy sharoitda katta chuqurliklarda, katta haroratda va bosimdagi o`zgargan sho`r dengiz suvlari saklanib kolishi mumkin deb hisoblaydi. Ularning fikricha, tabiiy sharoitda dengiz suvlari keng tarqalgan. Ular cho`kindi hosil bo`lishi bilan bir vaqtda yoki ilgari hosil bo`lgan dengiz cho`kindilariga sizib kirishi va cho`kindi diagenezi jarayonida metamorfizatsiyaga uchrashi mumkin. A.Sulin, M.E.Altovskiy, D.S.Korjinskiy va boshqalar sho`r nomokop suvlarining hosil bo`lishiga va shakllanishiga dengiz suvining ishtirokini qisman yoki butunlay inkor qiladilar.



Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin