11-ma’ruza mahsulot sifati to’G’risidagi ma’lumotlarni shtrix kodlash va nazorat qilish reja


Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning fan kodi



Yüklə 401,79 Kb.
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü401,79 Kb.
#120492
1   2   3
11-Maruza

11.2. Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning fan kodi.

Hozirgi paytda respublikaning o‘ndan ortiq korxonalari yuzdan ortiq buyumlarga asl nusxa maketlarini olishdi. Shtrix kodni avval olish ancha qiyin bo‘ldi, chunki maslahatlashadigan hech kim yo‘q edi. Endi hammasi texnik tomondan to‘g‘rilandi, ikki kun ichida buyumning tavsiflari bo‘yicha to’zilgan shtrixli kodini olish mumkin. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bu “pasport” ma’lumotlarini aniqlashmoqda. Tovarni bir turiga ham, bir nechta o‘nliklariga ham buyurtmachilar bor. Shtrixli kodni tushirishga joyi kam bo‘lgan buyumlar ham uchraydi. Bu holda qisqartirilgan sakkiz raqamli asl nusxa maketi tayyorlanadi, lekin davlat kodi qoldiriladi.


Shtrixli kod bo’yicha meyoriy hujjatlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ushbu muhim sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslar amal qilmoqda.
Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini oshirish, ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, “O‘zbekistonda tayyorlangan” nomli markali mahsulot ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadga qaratilgan ish olib borilmoqda.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning o‘ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo‘lishi majburiy sanaladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 foizidan ko‘pi kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, jamlash, hisobga olish, mahsulotni kelish-ketishini hisob qilib borish, muxosiblik hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga oshirishda alohida o‘rin tutadi.
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, Gretsiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Quyiroqda keltirilgan 16.1-jadvalda ba’zi bir davlatlarning litsenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
Asosan EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo‘ladi (13.1 va 13.2- rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
 davlat kodi ("davlat bayrog‘i");
 korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
 mahsulotning kodi;
 nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan to’ziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi. Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan to’ziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo‘lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin. EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan kichik o‘ramlar (upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi quyidagi kodlar tartibidan iborat:
 davlat kodi (“davlat bayrog‘i”);
 korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
 nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korhona kodining o‘rniga mahsulotning qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. To‘liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo obektlariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va kerak bo‘lsa mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq manzilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi. Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodni skaner vositasida to‘g‘ri o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.







Yüklə 401,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin