11.2. Mahsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi
11.3.Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalarining imkoniyatlari.
O‘zbekiston Respublikasida shtrix-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili O‘zstandart qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ‘ib etishdir Albatta, bunda xalqaro meyoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" nomli qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan iste’molchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.
Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi;
ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish mumkin;
boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish.
Biroq xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish yordamida hal etilishi mumkin. Buning uchun sertifikatlashtirish yo‘li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablari ro‘yxatini kengaytirish lozim bo‘ladi.
Takrorlash uchun savollar. 1. Shtrixli kodlash deganda nimalarni tushunasiz?
2. Qanday maqsulotlarga nisbatan shtrixli kod qo‘llanishi kerak?
3. Shtrixli kodlashning qanday tizimlari mavjud?