11-MA’RUZA
Ma'ruza mavzusi:
Birikmalar
va
ularning
turlari.
Ajraladigan
va
ajralmaydigan
birikmalar
Reja.
1. Payvand, kavshar va yelimli
birikmalar.
2. Parchin mixli birikmalar.
3. Rezbali, shponkali, shlitsali, profilli
va shtiftli birikmalar.
Ma`lumki, xar bir mashina uzellardan, uzellar esa, o’z navbatida detallardan
tuzilgan. O’z navbatida detallardan uzellar, uzellardan esa mashina birikmalar
vositasida yig`iladi.
Birikmalar ajralmaydigan va ajraladigan turlarga bo’linadi. Agar uzellarni
yoki mashinani ayrim qismlarga ajratish uchun birikma elementlarini sindirish
shart bo’lsa , bunday birikma ajralmaydigan , aks xolda esa ajraladigan birikma
deb ataladi . Parchin mixli va payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar
bo’lsa, shponkali, shlitsali va rez’bali birikmalar ajraladigan birikma turiga
kiradi. Ajraladigan birikmalarning yaxshi xususiyati shundaki, ular vositasida
mashinani zarur vaqtda bo’laklarga ajratib zarur vaqda yana qayta yig`ish
mumkin.
Payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar safiga kiradi. Sanoatning
turli sohalarida ishlatiladigan konstruksiyalar, suyuqlik saqlanadigan idishlar,
fermalar. metall minoralar, korpuslar va ayrim detallar shu usulda olinadi.
Payvand birikmalarning keng ko'lamda turli mexanizm. mashina va metall
konstruksiyalarda ishlatilishiga sabab. bunday birikmalarning afzalliklarining
mavjudligidir.Payvand birikmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
metalining tejalishi. amalda turli shakl va o`lchamdagi detallarni olish
imkoniyati, statikaviy va zarbiy yuklanishlarda payvand birikmaning
mustahkamligi asosiy detaining mustahkamligiga deyarli vaqinligi. payvandlash
jarayonini avto`latlashtirish imkoniyatining yuqoriligi, payvand chokning jips
zichligi va gaz hamda suyuqlikni o'tkazmasligi. Payvand birikmalarning bir
qancha kamchiliklari ham bor: chunonchi, payvand chok sifatini aniqlashning
bir muncha qiyinligi. payvandlanayotgan detalning haroratdan
deformatsiyalanishi, kuchlanishlar jamlanishining mavjudligi, asosiysi. ba'zi
materiallarni payvand usulida biriktirishning mumkin emasligi.
Hozirda qo'llanilayotgan payvand usullari turli-tumandir. Metall elektrod
bilan elektr-yoy payvandlash (N. Benardos, 1882-yil va N. Slavyanov, 1888-
yillarda kashf etishgan), elektr shlak payvandlash (detallar qalinligi 30 mm dan
1 ...2 m gacha bo'lishi mumkin), kontaktlab payvandlash va ishqalab
payvandlash keng tarqalgan. Payvandlashning qayd etilgan turlaridan tashqari
uning maxsus turlari ham ishlatiladi.
Payvandlashning maxsus turlariga diffuziyali, elektron-nur, lazerli,
radiochastotali, ultratovushli, portlatish asosidagi, plazmali, detal siitiga yupqa
qatlam qoplash usuli kabilar kiradi. Ko'rsatib o'tilgan payvandlash
usidlarining o'z ishlatish sohalari, afzalliklari bor. Bundan tashqari plastmassa
detallarni payvandlashda ularni gaz issiqlik tashuvchilar. yuqori chastotali
elektr toklari yordamida qizdiriladigan elementlar, ultratovush, ishqalash va
kimyoviy reaksiyalar yordamida payvandlash mumkin. Payvandlash usullarining
joriy etilishi, ayniqsa bu jarayonni to'liq avto`latlashtirish. chok sifatini hamda
ish unumdorligini 20-30 barobar oshirish, metallni 15-20% gacha tejash
imkonini beradi. Payvandlash usulida olingan po'lat tuzilma (konstruksiya)lar
quyma usulida olingan cho'yan tuzilmalardan 50%. po'lat tuzilmalardan esa
30% yengildir.
Kavsharli birikmalar biriktiriladigan detallar bilan kavshar o‘rtasidagi
molekulyar ta’sir kuchlari orqali vujudga keladigan ajralmaydigan birikmadir.
Biriktiriladigan detallar orasiga eritilgan holda kiritiladigan qotishma yoki
metall kavshar deyiladi va odatda, uning erish harorati detallarning erish
haroratidan ancha kichik bo`ladi. Kavsharlash jarayoni
payvandlash jarayonidan shu bilan farq qiladiki, unda biriktirilayotgan detallar
eritilmaydi yoki yuqori haroratda qizdirilmaydi.
Parchin mixli birikmalar samolyotlarning ustki qobig’ini yasashda, yuk
ko`tarish kranlarining fermalari, xamda ko’priklar qurishda keng ko’lamda
ishlatiladi . Bu birikmalarda asosiy element parchin mixdir. Parchin mix yasash
uchun, asosan, diametri 20 mm dan ortiq bo’lmagan po’lat, mis, alyuminiy
simlardan foydalaniladi.
Agar bunday simning bir uchidan ozginasi qirqib olinsa va uning bir uchi
parchinlanib , ma`lum shakldagi kallakka aylantirilsa, parchin mix xosil bo`ladi.
Agar ikkita list ustma-ust qo’yilib, zarur diametrli teshik ochilgach, bu
teshikka parchin mix kiritilgandan keyin uning ikkinchi uchi xam parchinlansa,
parchin mixli birikma hosil bo`ladi. Bir necha parchin mixlar qatori parchin mixli
chok deb ataladi. Parchin mixli chok xosil qilishda qo’l kuchidan xam
mashinalardan xam foydalaniladi.
Parchin mixlar katta-kichikligiga qarab sovuq holda yoki qizdirib
tayyorlanadi. Ulanadigan qismlarda teshiklar hosil qilish uchun parma yoki
pressdan
foydalanilganda
ulanadigan
qismlar
katta
bosim
ta`sirida
deformatsiyalanadi, teshikning ikkinchi to`lonida esa o’tkir qirralar xosil bo`ladi.
Ular parchin mix tanasining kesilishiga sabab bo`lishi mumkin. Rangli metaldan
yasalgan barcha parchin mixlar xamda diametri 12 mm gacha bo`lgan po’lat
parchin mixlar sovuqlayin, diametri 12 mm dan katta bo’lganlari esa ma’lum
temperaturagacha
qizdirilgandan
keyingina
parchinlanadi,
chunki
ular
qizdirilmasa, birinchidan parchinlash qiyin bo`ladi, ikkinchidan, sifati yaxshi
chiqmaydi. Xozirgi vaqtda mashinasozlikda parchin mixli birikmalar, payvandlash
qiyin bo`lgan detallarnigina biriktirish uchun ishlatilmoqda.
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni
rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi
shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi
rezbadir. Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapetsiya, to'g'ri
to ‘rtburchak va shunga o'xshash yassi shaklni vint chizig'i bo'ylab har doim
vintning o'qidan o'tadigan holatda siljitsak, bu shakl shaklga mos rezbani tashkil
qiladi.
Shponkali birikmalar val, shponka va g ‘ildirak gupchagi (shkiv yoki
boshqa detal gupchagi)dan iboratdir. Shuning uchun ham birikmani tarkibiy
qismlarga ajratish nisbatan oson. Ular asosan aylanuvchi detallarni (shkiv,
g‘ildirak, mufta, yulduzcha kabi) val yoki o ‘qqa o‘rnatish uchun ishlatiladi.
Ularning yana bir boshqa vazifasi, aylantiruvchi mo`lentni val va detallar
orasida uzatishdir. Shponkalarning asosiy turlari standartlashtirilgan.
TEKSHIRISH SAVOLLARI
1. Birikma turlariga ta`rif bering?
2. Qanday birikmalar ajaraladigan birikmalar turiga kiradi?
3. Qanday birikmalar ajralmaydigan birikmalar turiga kiradi?
Dostları ilə paylaş: |