Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim. Bu kesim kesuvchi tekislik o’tgan
joyiga chiziladi. Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq
bilan chiziladi. (11.10-shakl, d, e). Kesimni chetga chiqarib chizish afzalroq. Chunki
chizmani ustida bajarilgan kesim ko’rinishni to’smaydi va chizmani o’qishni
qiyinlashtirmaydi. Kesim kesuvchi tekisliklarni izini yo’nalishlariga nisbatan simmetrik
(11.10-shakl,
б, b, d) yoki nosimmetrik (11.10-shakl, a,г,e) bo’lishi mumkin. Umumiy
holda kesuvchi tekislikni holati chizmada kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi. Buning
uchun orasi ochilgan boshlanishiga va oxiriga kuzatuvchining nigohi ko’rsatilgan
strelka qo’yilgan shtrix chiziq qo’llaniladi. Chiziq va strelkalar 11.11-shaklda
ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq bajariladi.
11.11-chizmada
Bunda S chizmadagi kontur chiziqning qalinligi kesim chizig’ining boshlanishi
va oxiriga bir xil bosma xarf qo’yiladi. Kesim chizig’iga yoziladigan xarflar berilgan
chizmadagi o’lcham sonlarini o’lchamiga qaraganda 1-2 marta katta bo’lishi kerak.
Kesimlarni harf bilan belgilash alfavit tartibida bo’lishi kerak va ular qaytarilishi
mumkin emas. Kesim ustiga A-A yozuv yoziladi. Quyidagi hollarda kesim chizig’i
o’tkazilmaydi va kesimga xarfli yozuv yozilmaydi:
a) Agar kesim chizmaning ustida bajarilgan bo’lsa. (11.10-shakl, d).
b) Agar tashqariga chiqarilgan kesimning simmetriya o’qi kesuvchi tekislikning
izini davomi bo’lsin. (11.10-shakl,
б).
v) Agar kesim buyum tasvirini uzilgan joyida ko’rsatilgan bo’lsa.(11.10-
shakl,b).
Buyumning tasvirini uzulgan joyida (11.10-shakl,
г) yoki tasvirning ustida
(11.10-shakl, e) bajarilgan nosimmetrik kesim uchun kesim chizig’i strelka bilan
o’tkaziladi, lekin harf bilan belgilanmaydi. Bundan boshqa hamma hollarda simmetrik
va nosimmetrik kesimlarga strelka qo’yilgan kesim chizig’i va harfli belgi qo’yilishi
zarur. Agar kesuvchi tekislik slindrik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish
sirtining o’qi orqali o’tsa u holda teshik yoki chuqurchani konturi to’la
ko’rsatiladi.(11.12-shakl)
.
11.12-shakl
11.13-shakl
Kesimni chizish va joylashtirish bo’yicha strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishga
to’g’ri kelish kerak. Kesimni formatni hohlagan joyiga chizish va uni chizmani o’qish
uchun qulay bo’lgan burchakga burish mumkin. Bunda kesimni bildiruvchi yozuvdan
kegin O shartli grafik belgi qo’yiladi. (11.13-shakl).
11.14-shakl
Bitta buyumga tegishli bo’lgan bir necha bir hildagi kesimlar uchun kesim
chizig’i bir xil xarf bilan belgilanadi va bitta kesim chizib ko’rsatiladi. (11.14-shakl).
Agar kesuvchi tekislik har-xil burchak ostida yo’nalgan bo’lsa, unda burulish belgisi O
qo’yilmaydi. (11.15-shakl).
11.15-shakl
11.16-shakl
Kesuvchi tekislikni shunday tanlanishi kerakki bunda normal (odatdagidek)
ko’ndalang kesim hosil bo’lishi kerak. Shuning uchun murakkab shakldagi buyumning
kesimni ikkita kesim bilan tutashtiriladi. (11.16-shakl). Kesuvchi tekislik sifatida
tekislikga yoyilgan stilindrik sirtni qabul qilish mumkin. Kesimda kesim natijasida
aniqlangan teshik, chuqurcha, tirqich va boshqa buyumning konstruktiv elementlarini
ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |