2. Tarmoqning muvozanat holati va tarmoq taklifi Tarmoqning uzoq-fayllar.org
11.8-rasm. O`zgarmas xarajatli tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i Masalan malakasiz ishchi kuchiga talab oshgani bilan uning narxi odatda o`zgarmaydi.
Xarajatlari o`sayotgan tarmoq. Xarajatlari o`suvchi tarmoqda, tarmoq kengayishi bilan birga bir qator yoki barcha omillarga talab oshdi va bu omillarning narxi ham oshadi.
Bu erda misol tariqasida malakali ishchi kuchini keltirish mumkin. YOki erga solinadigan o`g`itlar narxi oshsa, erga o`g`itning solinishi bir tomondan mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va shu bilan birga erning qiymati ham oshadi.
Faraz qilaylik, tarmoq uzoq muddatli muvozanat holatda bo`lsin (E nuqta) (13.9-rasm,b).Taklif chizig`i dan holatga siljiganda (qisqa muddatli oraliqda) mahsulot narxi dan ga o`sadi, ishlab chiqarish hajmi dan ga.
Tipik firma 11.9-rasm, a) narx ga o`sganda foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini dan ga oshiradi. Bu siljish qisqa muddatli chekli xarajat chizig`i bo`yicha bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, yuqori foyda tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishiga sabab bo`ladi.
Tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi, ishlab chiqarish hajmining oshishi, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan talabni oshiradi va bu o`z navbatida ba`zi bir yoki barcha foydalaniladigan omillar narxini oshishiga olib keladi. YAngi firmalarning kirib kelishi bozor taklifi chizig`i ni holatga (ilgariday boshlang`ich muvozanat narxigacha emas, balki undan yuqoriroq bo`lgan muvozanat holatga) siljitadi va natijada yangi muvozanat holat E2 vujudga keladi, bu holatga yangi muvozanat narx R3 to`g`ri keladi va R1 dan yuqori. YAngi muvozanat narx R3 ning oldingi R1 dan yuqori bo`lishi firmalarni o`sgan xarajatlarini qoplaydi va ularga uzoq muddatli oraliqdagi muvozanatda nolga teng foydani olishni ta`minlaydi. Nima uchun deganda, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan narxning oshishi firmaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarjatlarini o`sishiga olib keladi. Ushbu vaziyat (7.20-rasm, a)da o`z ifodasini topgan. Bu erda uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar yuqoriga ya`ni dan ga siljiydi, chekli qisqa muddatli xarajatlar chapga, holatdan holatga siljiydi. YAngi uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar minimumi yangi muvozanat narx R3 ga teng bo`ladi. Bu erda ham o`zgarmas xarajatli tarmoq kabi boshlang`ich talab oshish hisobidan olingan qisqa muddatli yuqori foyda uzoq muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish hajmini oshirib borgan sari yo`qolib boradi, ishlab chiqarish omillariga bo`lgan xarajat esa ortib boradi. Demak, tarmoqning uzoq muddatdagi taklif chizig`i uzoq muddatli muvozanat nuqtadan, ya`ni E2 nuqtadan o`tadi (11.9-rasm b, SL chizig`i).