11.1-rasm. Uzoq muddatli oraliqda o`rtacha xarajatlar grafigi Uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar ( ) bilan qisqa muddatli o`rtacha xarajatlar ( ) o`rtasidagi munosabatni quyidagi 11.2- rasmdan ko`rish mumkin.
11.2-rasm. Masshtab samarasi o`sganda va qisqarganda uzoq va qisqa muddatli oraliqlardagi o`rtacha xarajatlar grafigi. Faraz qilaylik, firma razmerini (quvvatini) tanlash bo`yicha besh xil variant mavjud. Har qaysi razmerdagi firma uchun qisqa muddatli o`rtacha xarajatlar quyidagicha , , , , (11.2-rasm).
Uzoq muddatli oraliqda barcha resurslar o`zgaruvchan bo`lgani uchun, barcha xarajatlar ham o`zgaruvchan bo`ladi. Firma har qanday berilgan ishlab chiqarish quvvatidan umumiy va o`rtacha xarajatlarni minimallashtiradi. SHuning uchun ham uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar ( ) grafigi qisqa muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafiklarini bir-biriga tutashtirish orqali hosil qilinadi. 11.2-rasmda beshta qisqa muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafiklari orqali uzoq muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlar grafigi keltirilgan (11.2-rasmda qalin chiziq bilan ifodalangan).
Agar biz firma quvvatlarini yanada kichik o`zgarishlar orqali o`zgartirsak (qisqa muddatli oraliqlarni yanada kichiklashtirsak) chizig`i silliq botiq chiziqqa yaqinlashib boradi. Uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar ishlab chiqarish hajmining mumkin bo`lgan barcha qiymatlari uchun cheksiz qisqa muddatli oraliqdagi o`ratcha xarajatlar grafiklarini uzluksiz silliq birlashtiruvchi chiziq orqali ifodalanadi. Agar ishlab chiqarish masshtabi samarasi o`zgarmas bo`lsa, uzoq muddatli o`rtacha xarajat grafigi to`g`ri chiziqdan iborat bo`ladi (11.3-rasm).
11.3-rasm. Ishlab chiqarish masshtabi o`zgarmas bo`lganda uzoq muddatli va qisqa muddatli oraliqdagi xarajatlar grafigi. Rasmdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish quvvati va ga o`zgarganda o`zgarmayapti.
Uzoq muddatli oraliqda tarmoq tarkibidagi firmaning muvozanat holati bozorda shakllangan narx ning ushbu firmaning o`rtacha xarajatlari minimumiga tengligi bilan belgilanadi: