11-Mavzu : Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 8,75 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü8,75 Kb.
#157243
11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon-fayllar.org


11-Mavzu : Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


11-Mavzu : Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni.

Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.

NAZORAT UChUN SAVOL VA TOPShIRIQLAR

1.Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.

Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.

Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
2.Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi?

Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi


3.Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini bayon eting.

Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish

Tarbiyaning umumiy vazifalari:

jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;

jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;

madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;

ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
4.Tarbiya jarayoni qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega?

Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega:

maqsadga yo’naltirilganligi;

ko’p qirrali jarayon;

uzoq muddat davom etishi;

uzluksizligi;

yaxlitligi;

variativligi;

natijalarning oldindan aniqlanmasligi;

ikki tomonlamalilik;


5.Tarbiya qonuniyatlarini sharhlab bering

Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar.

Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:

ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi;

tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi;

faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;

tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari amda faol faoliyati o’rtasidagi bog’lanish;

tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi;

tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi;

tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish..
6.Tarbiya tamoyillarini izohlang.

Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:

maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi;

tarbiyaning insonparvarlashuvi;

tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi;

tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;

jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish;

shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish;

o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;

tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;

tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.
7.Tarbiya turlarining umumiy tavsifini bayon eting.

Tarbiya turlari turli sohalarga ko’ra tasnif etiladi. Ko’proq umumlashgan tasnif o’zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasi, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.

Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko’ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog’liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.

Demak, Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan.

Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.


http://fayllar.org
Yüklə 8,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin