11-mavzu. Biosferadagi ekokimyoviy jarayonlar


Ekologik omillar va ularni tavsifi



Yüklə 26,7 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü26,7 Kb.
#195706
1   2   3
Ma`ruza 12

Ekologik omillar va ularni tavsifi. Tirik organizmlarni o’rab turgan fizik qurshov yoki tevarak atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmui muhit deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi, ularning o’zaro bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlar asosan to’rtta muhitda: suv, havo, tuproq, organizm (muhit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va havo o’lik, tuproq oralik, organizm tirik muhitlardir. Muhitning tirik organizmlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etuvchi tarkibiy qismlari ekologik omillar deb ataladi.


Hozirda ushbu omillarning kelib chiqish vaqti bo’yicha muhitga, xaraktyeriga, ta’sir etish xususiyatlariga qarab abiotik(o’lik tabiatning ta’siri), biotik(tirik organizmlar bilan bog’liq ta’sir) va antropogen(inson faoliyati natijasida ta’sir) omillarga bo’linadi.


1. Abiotik omillar organizmlarga muhitning fizik va kimyoviy jihatlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. Iqlim, yorug’lik, harorat, havo, namlik va b.;

  2. Tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi, xossalari va b.;

V) Relef sharoiti-joyning baland-pastligi va b.
2. Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi o’zaro munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular quyidagicha ro’y byeradi:

  1. Fitogen-birgalikda yashayotgan o’simliklarning bevosita va bilvosita ta’sirlari;

  2. Zoogen-hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilinishi, changlatishi, meva va urug’larini tarqatishi, muhitga ta’sir etish kabi ta’sirlari;

V) Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizm va zamburug’larning ta’siri orqali. Umuman biotik omillar quyidagi hollarda: 1. O’simliklarni o’simliklarga; 2. Hayvonlarni o’simliklarga; 3. Hayvonlarni hayvonlarga; 4. Mikroorganizmlarni o’simlik va hayvonlarga; 5.O’simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’sirida yaqqol namoyon bo’ladi.

Yüklə 26,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin