o‘zlashtirilishi, ta‘lim mazmunini aniqlash, ta‘lim usullari, qoidalari kabi barcha
masalalar bilan shug‘ullanadi.
Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq
maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega.
Didaktika yosh avlodni «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday
o‘qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o‘z navbatida ayrim o‘quv
fanlarga oid o‘qitish va o‘qish metodi va uslublari bilan uzviy bog‘liqdir. U
o‘qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan
birga, har bir o‘quv fanini o‘qitish metodlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy
didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy hisoblanadi. Uning
«Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta‘sir
ko‘rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu
Iso
at-Termiziy, Muxammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn- Sino, Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib,
Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta
xissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda didaktika fanining rivojlanishi Ismoil G‘asprali,
Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o‘g‘li, Muhammadsharif
So‘fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul
Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Oqilxon Sharofiddinov,
Siddiq Rajabov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq.
Umumiy
didaktika-barcha o‘quv fanlari, ma‘lumot darajalari asosida ta‘limning maqsadi,
mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari natijalarini
o‘rganuvchi fandir.
Xususiy didaktika umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni,
masalan, ta‘lim qoidalari, ma‘lumot mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni
inkor etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar
umumiy didaktikada hosil qilingan tushunchalarni to‘ldiradi, ularni yanada
oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o‘zaro
uzviy bog‘liq pedagogik fanlardir.
-Ta‘lim individual harakterga ega. Ta‘lim manbalarida (darslik, ko‘rsatma-
qurol, o‘qituvchi nutqi) berilgan bilimlar sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun bir xil
bo‘lsa-da, ularni o‘quvchilar turlicha o‘zlashtirishadi;
-Ta‘lim chegaralangan. Unda kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlar
o‘zlashtiriladi. Bilish jarayoni esa cheksizdir.
Unda tabiat, jamiyat va inson
tafakkuri qonuniyatlarining hali o‘rganilmagan sohalari kashf etiladi.
Maktabda bilim va malakani o‘zlashtirish uzviy harakterga ega. Bugungi
o‘rganiladigan bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni taqozo qilsa, kelajakda
o‘zlashtiriladigan bilimlar uchun asos sanaladi.
Didaktika ta‘lim bilan bog‘liq barcha muammolar bilan shug‘ullanar ekan,
shu bilan birga ta‘lim dialektikasiga ham o‘z e‘tiborini qaratadi.
Ta‘lim dialektikasi deganda ta‘limning obyektiv holatda rivojlanishi
tushuniladi. Ta‘lim shunday bir jarayonki, u doimiy holatda o‘zgarib boradi.
Jamiyat taraqqiy etib borgan sari ta‘lim ham jamiyat maqsadlarini ko‘zlagan
holda o‘zgarib boradi. Fan va texnika olamida insoniyat tomonidan erishilayotgan
yutuqlar ham ta‘limning yangilanib borishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan,
Respublika ta‘limi hozirgi kunda katta o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.
Uning oldidagi maqsadlar o‘zgarib bormoqda, qolaversa, ta‘limga oxirgi yillarda
yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi ham fikrimizga dalil sifatida xizmat
qila oladi. Ta‘limning rivojlanishi qonun-qoidalarini o‘rganish to‘g‘ridan-to‘g‘ri
didaktikaning vazifasini tashkil etadi.
Ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z navbatida uning barcha
ichki bo‘g‘inlariga ham ta‘sir etmay qo‘ymaydi; ya‘ni ta‘lim metodlari, tashkil
etish
shakllari, vositalari va bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari ma‘lum miqdorda
o‘zgaradi. Natijada ta‘lim mazmunini o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish darajasi,
bilimlarning shakllanish doirasi, natijalar samarasi ham yangi ko‘rinishga ega
bo‘ladi. Bilimlarni egallash bosqichlari har bir shaxsning psixologik
hususiyatlariga tayanadi, ya‘ni shaxsning ma‘lumotlarini sezish, idrok etish,
anglash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va amalda qo‘llash kabi hususiyatlari
har xil bo‘ladi.
O‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi:
- O‘quvchilar bilish qobiliyatiga asoslanib, o‘qish uchun qo‘zg‘atuvchi
sabablar (motivlar) yaratish;
- Berilayotgan ma‘lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish;
- Ta‘lim jarayonida bolalar ongida mavjud bo‘lgan
bilimlarga va
shakllangan tajribalariga suyanib, ma‘lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va
xulosalar chiqarishga undash;
- O‘quvchilarning olgan bilimlarini, amaliyotda qo‘llash orqali ularda
ko‘nikma va malakalarni hosil etish hamda ularni mustahkamlash va
takomillashtirish;
- Bilimlar, ko‘nikma va malakalarni doimiy amaliyotda qo‘llanishini
ta‘minlash;
- Ta‘lim natijalarini tahlil qilish va o‘quvchilarning keyingi istiqbolini
tashhis etish va rejalashtirish.
Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir.
Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayonining tushunchasi va mohiyati, ta‘lim
qoidalarini uslublari hamda tashkiliy formalarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z
oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob
beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Ta‘limning asosiy
vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma
va malakalar tizimi bilan
qurollantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: