11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar 
Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqodni, ma‘naviy va 
siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta‘sir 
ko‘rsatish metodlari kiradi. 
Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar 
ongiga qanday talablar qo‘yayotgani еtkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini 
shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish maqsadida 
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi. 
O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya‘ni davlatni ichki va 
xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish- bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan 
metoddir. Tushuntirishning mohiyati o‘quvchiga qo‘yilgan talabni, voqyealarni, 
harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o‘quvchilarga 
duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy 
g‘ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. 
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga 
nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi, u yashash va axloq 
me‘yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma‘naviy etuklik 
haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, 
konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli 
o‘quvchilarga bayroq, madhiya, konstitutsiya haqida tegishli ma‘lumotlar beriladi. 
O‘quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya‘ni o‘zining Vatan 
oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat‘iy amal qilish, qonunchilik, 
umumbashariy axloq me‘yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo‘lish 
tushuniladi. 
Suhbat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va axloqiy shakllantirishda 
o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta‘sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu 
tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch 


uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlarini va suhbatdan 
kutilayotgan natijani hisobga olish lozim. 
Suhbat jonli, ommaviy, ishonarli bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Suhbat 
metodi sifatida o‘quvchilarning hayoti, fan va texnika, etika-yestetika va boshqa 
sohalardagi tasavvur va tushunchalari doirasini kengaytirishga yordam beradi. 
Suhbat samarasini o‘quvchilarning ijobiy yoki salbiy javoblariga qarab bilish 
mumkin. 
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning 
jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat
go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi), siyosiy mavzularda
(davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqyealari), ta‘lim va bilishga oid 
mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). 
Suhbat davomida o‘quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uyg‘otish, 
ularning fikrlarini tinglash, suhbatda faol qatnashishga erishish, ya‘ni 
o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish, mavzu bo‘yicha o‘z 
bilimlarini tahlil qilishga, tortishishga va haqiqatni anglashga erishishlari juda 
muhimdir. 
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq 
misollar bilan to‘liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix 
qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib mehnatkash kishilari, tarix,
adabiyot, san‘at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio,
televideniye, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli manba bo‘ladi. 
Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular 
tushunadigan so‘zlar orqali o‘tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suhbat va hikoya 
mavzusini o‘quvchilarning o‘zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqliligi 
ta‘minlanadi, o‘quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar. O‘qituvchi suhbat 
mavzusini oldindan e‘lon qilib, masalan: mehnatsevarlik yoki rostgo‘ylik, halollik 
mavzularida suhbat o‘tkazish uchun mavzuga oid maqolalar, matallar va maqolalar 
to‘plashni topshiradi, bunda o‘quvchilarning o‘tkaziladigan tadbirda faolliklari 
yanada ortadi. 
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni 
ko‘rishlari, o‘qituvchilari, ota-onalari, oilaning katta yoshli a‘zolari va 
boshqalarning fe‘l-atvor, yurish-turishida bolalarga еtarli darajada namuna 
ko‘rsatishlari nihoyatda muhimdir. 
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar 
bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib 
yuradilar. 
O‘quvchilar yaqin kishilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvorlar 
bolalarda yaxshi sifatlarning, ba‘zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga 
ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham 
o‘zlarini tuta bilishlari kerak, chunki qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar
borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turish va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. Katta yoshdagi kishilarning, o‘qituvchi va 
tarbiyachilarning bolalarga yaqin bo‘lishlari, ularni o‘zlariga moyil qila


bilishlari, ular bilan yaqin aloqaga ko‘nika olishlari ham ularning o‘rnak
bo‘lishdagi kuchini oshirishga yordam beradi. 
Respublikamizdagi ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin 
ma‘lumotlar, adabiy asarlardagi, kinofil‘mlardagi va spektakllardagi qahramonlar 
xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta‘sir qiladi. 
Maktablarda 
ishlab 
chiqarish 
ilg‘orlari 
bilan 
uchrashuvlar 
o‘tkaziladi.O‘quvchilar o‘z otalari va onalarining ishlab chiqarishdagi
muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar. 
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. 
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamma yaxshilardan, donolardan, ulug‘
kishilardan ibrat olishga da‘vat qilib kelganlar. Masalan: "Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi". Juda oddiy ibora ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini 
hamisha ham faxmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo‘l, aks 
holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi. Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, 
bolang g‘iybatchi bo‘ladi, demoqchi. 
Bunga o‘xshash fikrlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin