13-mavzu: TARBIYANING UMUMIY METODLARI
REJA:
1.
Tarbiya metodlari
2.
Xalq pedagogikasining tarbiya metodlari
3.
Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Tarbiya, usul, vosita, tarbiya qonuniyatlari, tarbyailanganlik, jazo, uyat,
adolat, xalq pedagogikasi, ijodiy hamkorlik, ilg‘or pedagog.
Adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Munavvarov tahriri ostida ―Pedagogika‖. 1996 yil. Toshkent. ―O‘qituvchi‖
nashriyoti.
2.
Pedagogika ma‘ruzalar matni. 2000 yil. Hammualliflar.
3.
I.A.Karimov. ―O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat‖.
4.
4.A.Avloniy ―Turkiy guliston yohud axloq‖.
Bola o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo‘lib jamiyat hayotida faol
ishtirok etishni xohlaydi.
Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar
sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu
bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik
lozim.
O‘qituvchi-do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar
o‘zlarining ichki olamlarini ochib ko‘rsatadilar.
Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini
o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega
bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo
tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim
o‘rgana olmaydilar.
Demak,
tarbiya
metodi
tarbiyachi
va
tarbiyalanuvchilarning
hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish usullaridir. Shaxsni
shakllantirish
maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi, xulq-atvori va
munosabatlari tizimiga ta‘sir ko‘rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy
adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.
Ta‘lim metodlari, o‘qituvchi sinfda birinchi marta sinf
xonasini tozalash uchun
shanbalik uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo‘lib berishdan oldin u lattani qanday
qilib xo‘llash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko‘rsatib beradi.
O‘qituvchining so‘zi bu erda uslub bo‘lib hisoblanadi. Metod va uslub bir-biri
bilan o‘zaro bog‘liq va pedagogik jarayon mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘tib turishi
mumkin.
O‘quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil
qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishi,
ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal
qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar,
kitoblar, radio,
televideniye). Yana o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi
bo‘lishi mumkin. Kinofil‘mlar, san‘at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar
o‘yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari
tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni
amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya
tizimiga kiritilishi
lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va
kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini
uyushtirishlari lozim.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va
shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyachilar ta‘sir etishning bola
shaxsiyatiga maqbul metodni, tanlab
olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim.
Tarbiya metodlari har bir bolaga, bolalalar jamoasiga alohida munosabatda
bo‘lishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi
manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning
yosh
va individual hususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik
vaziyat harakterini hisobga olgan holda ta‘sir etishning turli-tuman metod, uslub
va shakllarini majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiyaning metodlari,
vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini
oqlagan urf-odatlar
an‘anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan
shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning
uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: