11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 3. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari. 
Bir so‘z 
bilan aytganda, jamoa bolalarning bir guruhi emas, balki mazsus tashkil 
etilgan munosabatlar tizimidir. Jamoa o‘z-o‘zini boshqarish va tartibga solish 
organlariga ega bo‘lib, ular barcha bolalarning va jamiyatning manfaatlarini 
ifodalovchi vakillardir. Jamoa maktab o‘quvchilarini umumiy maqsad, 
umumiy mehnat bilan hamda mehnatni umumiy tarzda tashkil etish bilan 
birlashtiradi. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan 
uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoani vujudga kelishi uchun to‘rt 
bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichida dastlab pedagog butun bir 
guruhga talab qo‘yadi, so‘ngra jamoa faollari jamoa a‘zolariga talab qo‘yadi, 
butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishni talab 
qiladi va nihoyat, shaxs o‘z-o‘ziga talab qo‘yadi. Qo‘yilayotgan talablar 
mazmunidagi farq va jamoa a‘zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy 
hamkorligi a‘zolarining xulq-atvor, axloqiy kamolot darajasini ko‘rsatuvchi 
muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonning 
mohiyatini inobatga olish zarur. Jamoani shakllantirish bosqichlarini 
belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning bosqichlari chegara yoki 
oraliqqa ega emas. Shunga qaramay, pedagogik nuqtai-nazardan jamoaning 
shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhim.
Bolalar jamoasi rivojlanishining birinchi bosqichi.
Mazkur bosqichda 
talab faqat pedagoglar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining 
boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa 
bo‘lmay, balki, tashkil etuvchi birlik (guruh, sinf)dir. Tarbiyalanuvchilar 
talablarning qo‘yilishiga e‘tiborsiz qaraydilar. Jamoa a‘zolarning uzluksiz 
ijodiy faoliyatini tashkil qilishl va ularni muayyan maqsad atrofida 
birlashtirishga erishish orqali jamoa tarkib topadi. Mazkur bosqichda 
pedagogning asosiy maqsadi jamoa a‘zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan 
iborat bo‘ladi. Ushbu bosqichda pedagogning talabchanligi, qat‘iyligi, 
izchilligi, murosasizligi va barcha a‘zolariga talabni birday qo‘ya olishi hal 
qiluvchi omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining ―hukmdorlik‖ davri 
uzoq davom etishi mumkin emasligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining 
birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun 
xarakterli hodisadir. Jamoa faoli muayyan guruhning shunday a‘zolaridanki, 
ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati 
talablariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar 
pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin