11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va qoidalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va qoidalari 
Tarbiya nazariyasida ham pedagogika fanida bo‘lgani kabi, yangi vujudga 
kelayotgan qarashlar bilan eskirib borayotgan qarashlar o‘rtasida kurash ketgan. 
Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim yo‘nalishlarni tanqidiy o‘rganmay 
turib, tarbiya nazariyasining asosiy masalalarini tushuna olish qiyin. Keng 
tarqalgan biri avtoritar (boshqalarga ko‘r-ko‘rona bo‘yin suyish) tarbiya nazariyasi 
edi. Avtoritar tarbiya XVI asrda paydo bo‘lib, hozirda Ispaniyada, Lotin 
Amerikasining ba‘zi mamlakatlarida yaqqol ifodasini topgan. Avtoritar tarbiyani 
ilmiy ravishda asoslab berishga uringan nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1771-
1841) bola tug‘ilganda «yovvoyi sho‘xlikka» xos bo‘lish fikrini olg‘a suradi. Shu 
bilan u tartib buzgan o‘quvchilar uchun jarima jurnalini tashkil etishni taklif etadi.
U tartib buzgan o‘quvchilarni ovqatsiz qoldirish, burchakka turg‘izib qo‘yish, 
kartserga qamash, jarimaga tortish kabi jazolashni turlarini joriy etadi.
Avtoritar tarbiyani birinchi bo‘lib J.J.Russo tanqid qildi va o‘zi erkin tarbiya 
nazariyasini ilgari surdi.
O‘zbek maktablarida ta‘lim-tarbiya bir-biridan ajralmas deb hisoblanadi. 
Sinfdagi har qanday ish doimo tarbiyaviy ishdir., biroq tarbiyaviy ishlarni ta‘lim 
berish bilan cheklash mumkin emas.
Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, 
uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir.
Tarbiya – ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini 
nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan 
o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun 
tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda ma‘lum bir maqsadga qarata va 
muntazam suratda ta‘sir qilishdir. Bu xildagi ta‘rif tarbiya tushunchasiga kiradigan 
hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, ahloq, ijtimoiy xulq-atvor 


qoidalarini singdirish, muayyan harakter va iroda, odat va ahloq yaratishni o‘z 
ichiga oladi.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan 
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta‘sir 
etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni – o‘qituvchi va 
o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi 
shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan 
va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi. 
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan 
to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.
Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta‘sirga nisbatan 
ma‘lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va 
hohishlarini ifodalaydi.
Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (hoh 
ijobiy, hoh salbiy) ta‘siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta‘sirga munosabatini belgilab beradi 
va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o‘zigina 
kifoya qilmaydi. To‘g‘ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga 
nisbatan qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday 
anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad 
qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning 
barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y 
beradi. Bola ulg‘aya borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib 
boradi va bola shaxsning kamolga еtishida yo ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. 
Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta‘sir etishni ko‘zda tutadi, 
zeroki shu yo‘l bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan talablari tarbiyalanuvchining 
hulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi. 
Tarbiya jaaryonida o‘quvchining onginigina emas, balki his-tuyg‘ularini 
ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga 
muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish 
uchun o‘quvchining ongiga (ta‘lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va 
sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish 
jaaryonida) muntazam ta‘sir etib boriladi. Agar o‘quvchini tarbiyalashda bulardan 
birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e‘tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish 
qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkabdir. 
Maktabdagi tarbiya jarayoni to‘xtovsiz davom etadigan jarayon bo‘lib, unga 
o‘qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur 
bo‘lgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini 
belgilaydi. O‘quvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta‘minlab, ular 
o‘rtasida ijtimoiy, jamoa va o‘rtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit 
yaratadi.
O‘quvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy 
tashabbuskorligi o‘sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari, 
e‘tiqodlari va voqyea hodisalarga o‘z nuqtai nazari vujudga keladi va 


mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta‘siriga nisbatan qanday 
munosabatda bo‘lishini belgilaydi. 
Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga 
etkazish jarayonidan iborat bo‘lib, uning mazmuni ta‘limdagidek alohida 
predmetlarda 
emas, 
balki o‘quvilarning hayot-faoliyatlari va o‘zaro 
munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining o‘ziga xos 
hususiyatlari kelib chiqadi.
Tarbiya jarayonida pedagogik talab 
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang‘ich usuli bo‘lib, 
tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki to‘xtatishni va aniq 
amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta‘minlaydi. 
Talab qilish usuli o‘quvchilarning ko‘pgina ahloqiy sifatlarini 
shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o‘ziga 
nisbatan mas‘uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. 
Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning 
jamiyatimizdagina xalqning ma‘naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda 
pedagogik talab tarbiya jarayonining ta‘sirchan usuliga aylanishi mumkin. 
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, 
o‘z ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. O‘quv 
va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh 
beradi yoki rag‘batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va 
lo‘nda bo‘lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o‘xshab ketsa-da boshqalari acha 
keng tushintirish yo‘l-yo‘riqlar shakliga ega bo‘ladi. Bir xillari o‘quvchilarni faqat 
ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko‘nikma va 
malakalarini o‘zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; 
ayrimlari o‘quvchilarning keraksiz va noto‘g‘ri harakatlarini to‘xtatsa, boshqalari 
muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo‘llab quvvatlaydi. Pedagogning 
talabisiz o‘quvchilarning o‘quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni 
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga 
boradi., o‘z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq muayyan 
tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida 
amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning 
asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz. 
Pedagogning talablari vositasiz talablar bo‘lishi mumkin, bunda tarbiyachi 
ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi. 
Pedagogning talablari vositali talablar bo‘ladi, bunda o‘qituvchi o‘z talablari 
bilan bolalarda o‘z do‘stalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. 
Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik 
vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.
Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, o‘shaning talab qiluvchiga 
munosabatidir. 
Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog rag‘batlantiradigan 
faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf 


va salbiy munosabatlar deb ta‘riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda 
ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin. 
Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Talab to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bunda o‘qituvchining murojaati qat‘iy, 
dadil ohangda ifodalangan aniq ko‘rsatmaga ega bo‘lishi mumkin. 
To‘ppa-to‘g‘ri talab o‘quvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa 
ta‘sirchan bo‘ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg‘in va qat‘iy talab bo‘lmasa, 
tarbiyaviy jarayonni boshlab bo‘lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan 
berilgan va‘dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni o‘ylasa, u xato qilgan 
bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tamizki, to‘ppa-to‘g‘ri talab ko‘pincha o‘quvchining 
pedagogga yoki u boshlangan faoliyatga betaraf munosabatda bo‘lishi sharoitida 
ishlatiladi. Bunday vaziyatda to‘ppa-to‘g‘ri, vositasiz talabning quyidagi 
qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir. 
Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy bo‘lishi, ya‘ni mutlaqo muayyan xatti-
harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki 
ta‘qiqlamasligi, to‘xtatmasligi lozim.
Albatta, o‘qituvchining ta‘qiqlashlaridan ayniqsa o‘quvchilar belgilangan 
xulq-atvor qoidalarini har-xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi.Biroq 
pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta‘qiqlashlar tashkil etmaydi. 
Ikkinchi qoida: to‘ppa-to‘g‘ri talab yo‘l-yo‘riq tarzda, ya‘ni bir xil ma‘noli, 
aniq va tushinarli bo‘lishi lozim. Dastlabki paytlarda o‘quvchilarning yangi 
harakatlarini rag‘batlantirganda talab yo‘l-yo‘riq berish bilan qo‘shilib ketganday 
bo‘ladi, ularni aniq ta‘riflab beradi. 
Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan to‘ppa-
to‘g‘ri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak. 
Shuni esda tutish kerakki, o‘xshash pedagogik harakat qonunning namoyon 
bo‘lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi 
talablarining kuchli va ta‘sirchanligini oshiradi, o‘quvchida tarbiyachiga aql-idrok 
bilan aniq bo‘ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan 
talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi. 
Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. 
Pedagogik vaziyat qandaydir o‘zgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq 
etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga 
vaziyatning zarur yo‘nalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog to‘ppa-to‘g‘ri 
talablarni qo‘yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni 
vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanmaydi, 
pardalangan shaklda bo‘ladi va rag‘batlantiruvchi omil sifatida faqat talabning 
o‘zidan emas, balki psixologik omillardan-bolaning turli kechinmalaridan, his-
tuyg‘ularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruh pedagogning tarbiyalanuvchiga bo‘lgan ijobiy munosabatini 
ifodalash bilan bog‘liqdir. Bular iltimos, ishonch, ma‘qullashdir. Ularni ijobiy 
talablar deb ataymiz. 
Ikkinchi guruh tarbiyachining bolalarga bo‘lgan munosabatini yaqqol 
ifodalaydi, balki tarbiyalanuvchilarning rag‘batlantiruvchi munosabatlariga 


asoslanadi. Bular maslahat, sha‘ma, shartli talab va o‘yin shaklidagi talabdir. 
Ularni bartarf talablar deb ham ataymiz. 
Vositasiz talablarning uchinchi guruhi tarbiyalanuvchining faoliyatiga, uning 
u yoki bu axloqiy sifatlarning namoyon qilishga salbiy munosabatni namoyish 
qiladi. Bular – fosh qilish, ishonchsizlik bildirish va do‘q qilishdir. 
Iltimos – u pedagoglar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni 
rivojlantirishga asoslanadi va umumiy ishda ularni hamkorligini amalga oshirish 
vositasi hisoblanadi. Iltimos qilish muomalaning boshqa turlaridan shu bilan farq 
qiladiki, ishni bolaning o‘zi batamom o‘z hohishiga qo‘yib beradi. O‘quvchi har 
qanday vazifani pedagogning majbur qilishi orqali emas, o‘z ixtiyori bilan 
bajarayotganini his qilsin. 
Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson 
faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: o‘zining boshqa kishilar uchun 
foydali ekanligini his qilish, o‘rtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi. 
Ko‘pincha bu - ancha murakkab va mas‘uliyatli ba‘zan faxrli topshiriq bo‘ladi. 
Talab ma‘qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga 
aylantiradi. Ba‘zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda 
qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi, pedagogning ma‘qullashi dastlabki 
qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta‘minlaganday tuyuladi, o‘z kuchiga 
ishonch uyg‘otib, bundan keyingi intilishlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Talab-
maslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash 
huquqi bolaning o‘zida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi
pedagogni katta yoshdagi o‘rtoq deb bilishga o‘rgatadi. Uning obro‘si keng 
bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi. 
Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab 
beradigan yo‘l-yo‘riq emas, balki ko‘pincha еchimlarni mustaqil izlashga 
undashdan iboratdir. 
Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni 
muayyan 
vaziyatlarda, 
ayniqsa 
qiyinchiliklarda 
o‘quvchilar 
bilan 
maslahatlashishga o‘rgatadi. O‘z navbatida pedagoglar o‘zlariga bolalar maslahat 
uchun murojaat qilishini qadrlashishini, o‘zaro aloqani kuchaytirishga xizmat 
qiladi.
Talab-sha‘ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga rag‘batlantirishning 
yashirin shaklidir. Sha‘ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish bo‘lgan talablarni, 
ma‘nosi ochib berilmaydigan talablarni o‘ziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan 
sharoitda sha‘ma talabning «yashirin»shakli bo‘lib, u faqat ikki kishiga ayon 
bo‘ladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi.
Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy 
pedagogik talablarni shakli ana shulardan iborat u yoki bu talabning tanlash 
pedagogning o‘zboshimchalik bilan ish ko‘rishga bog‘liq bo‘lmay, balki, 
pedagogik vaziyatni qanday sodir bo‘lishiga bog‘liqdir 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin