Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va
uzluksiz bo‘lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va
davlat institutlari va muassasalarining shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi
harakatlari mujassamlashishi ta‘minlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy
qadriyat deb tan olish, har bir bola
betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi
e‘tiborda tutilishi zarur.
Tarbiya muayyan maqsad bilan rejali ravishda amalga
oshiriladigan davomli
ishdir.
Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish
metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy
qonuniyatidir.
Tarbiya jamiyat hayoti bilan bog‘liq, jamiyat o‘zgarib rivojlanishi bilan tarbiya
ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy hususiyat kasb etmog‘i lozim.
Tarbiyaviy
jarayonning barcha qatnashchilari; pedagoglar, ota- onalar,
jamoatchilik, yoshlar
tashkilotlari va mehnat jamoatlari- hamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega
bo‘lishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: