11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Yangi pedagogik texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Yangi pedagogik texnologiyalar 
Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so‘z birikmasiga «yangi» so‘zini 
qo‘shimcha qilib, «yangi pedagogik texnologiya» deb ataymiz? U nima uchun 
bugungi ta‘lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan 
beri kunimizga yarab kelgan ta‘limni tashkil etish amaliyotidan voz kechinshmiz 
kerak, o‘quv jarayonida qo‘llab kelinayotgan loyihalashga yangicha yondashish 
nima uchun zarur bo‘lib qoldi? 
Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Ta‘lim 
to‘grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta‘lim-tarbiya 
sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olmoq 
lozim. Bu yo‘nalishlar: 
ta‘lim mazmunini, tizimini isloh qilish; 
ta‘lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
ta‘limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta‘lim jarayoniga bo‘lgan yangicha 
qarashlarini shakllantirish;
va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - yangi 
pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat. 
Xulosa qilib aytsak, yangi ta‘lim tizimi, mazmuni, o‘quv rejasi, o‘quv 
dasturlari, darsliklar asosida o‘quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha 
yondashish, uni yangicha tashkil etish zaruriyati tug‘ilmoqda. 
Prezidentimiz 
Islom 
Karimov 
alohida 
ta‘kidlaganlaridek, 
biz 
«Mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday 
ma‘naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotda 
nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga 
bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi 
navbatda, ta‘lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish
takomillashtirish, xususan, ta‘lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, 
balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-
atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. 
Bu g‘oyani, fikrimizcha, ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari 
ro‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma‘naviy); 
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san‘at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar.); 
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy); 
- moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib 
qoldiriladigan boyliklar). 
Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, 
ta‘lim jarayonining subyekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish 
o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak. 
O‘qituvchining vazifasi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan 
o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashishdan iborat 
bo‘lishi kerak. U o‘quvchida ehtiyoj tug‘dirishi, muhit yaratishi va uni 
mas‘uliyatni his qilishga yo‘llashi kerak. Har bir dars oldiga ta‘limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi, ya‘ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan uchyoqlama maqsadlar 


qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli o‘quvchilarning o‘zaro aloqalariga bog‘liq 
bo‘lib, u maqsadlarga, o‘quv materiallari hususiyatlariga, ta‘lim metodlariga va 
o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq, bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida 
o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni 
didaktikada «o‘quv jarayoni» deyiladi. O‘quv jarayonining tarkibi uch qismdan 
iborat deb qaraladi; 
1. Motivatsiya.
2. Bilish faoliyati. 
3. Boshqarish faoliyati. 
O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan 
iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiyadan (diqqatni tortish, ichki tuyg‘u, istak, 
zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy 
harakatlantiruvchi kuch - o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki 
motivatsiya bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur 
o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur 
va bog‘lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi 
didaktik prinsip-bu ta‘limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan 
bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi. 
Bunday tizimda o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham ta‘lim-tarbiya jarayoniga birgalikda 
mas‘uldirlar. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual 
ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o‘qituvchi faqat «baholovchi» emas, 
balki yangi bilimlar еtkazuvchi manbaga aylanadi. 
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovatsiya» 
tushunchasi keng o‘rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «isloh» tushunchalarini 
anglatadi. Keng ma‘noda qaraganda ta‘lim tizimidagi har qanday o‘zgarish bu - 
pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalar ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik 
jarayonlarga nisbatan qo‘llanar edi, so‘ngra ta‘lim tizimidagi har qanday 
yangiliklarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. Pedagogik yangiliklarning texnologiya 
deb atalishi boisi ham shunda. Hozirgi davrga kelib pedagogik innovatsiya fani 
shakllandi. Pedagogik innovatsiya-pedagogik yangiliklar, ularni baholash va 
pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo‘llash 
haqidagi ta‘limot sifatida qaraladi. 
Bu ta‘limot uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, pedagogik neologiya 
(yunoncha «neo» — «yangi» va «logos» — «ta‘lim», ya‘ni yangilik haqidagi 
ta‘limot) deyilib, bunda pedagogika sohasida har qanday yangiliklar o‘rganiladi, 
umumlashtiriladi.
Ikkinchisi, 
pedagogik 
aksiologiya 
(yunoncha 
«aksioma» 

«isbotlanmaydigan ta‘limot» ma‘nosini anglatadi) deb nomlanib, bunda pedagogik 
yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi. 
Uchinchisi, pedagogik praksologiya (yunoncha «praks» - «harakat» va «logos» - 
«ta‘lim», ya‘ni «amaliyotda qo‘llash haqidagi ta‘limot» ma‘nosini anglatadi) 
deyiladi. Bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo‘llash, 
muayyan samaraga erishish masalalari tushuniladi. 


Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g‘oya yotadi. g‘oya 
asosida esa o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati yotadi, ya‘ni: sinfda 
psixologik birlik vaziyatini yaratish; har bir o‘quvchi o‘z shaxsini o‘zi namoyon 
etishini ta‘minlash; har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini 
tanlash; o‘quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish va boshqalar. Bunda 
o‘qituvchi har bir o‘quvchi qalbiga kirib borish uchun o‘zining didaktik usullari, 
tashkiliy shakllari orqali yo‘l topadi. Darsdagi o‘quvchilar faoliyatiga nafaqat 
o‘qituvchi, balki o‘qvuchilar ham rahbarlik qiladi. Avvalo a‘lochi o‘quvchi, keyin 
boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi 
va qolgan o‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli boshqaruv» 
o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kundan boshlanishi kerak. 
Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so‘z 
bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir. 
Pedagogik texnologiya, o‘quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan 
o‘qitilsa, natija samarali bo‘ladi, degan savolga javob beradi. U o‘zining muayyan 
tizimiga ega bo‘lib, bunda komponentlarning ketma-ketliligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir 
butunligi saqlanadi. 
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda 
ta‘lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar 
kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta‘limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt 
tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samarasi demakdir. Pedagogik 
texnologiyaning jo‘nligi-ishlangan model boshqa pedagoglar qo‘llanganda ham 
xuddi o‘shanday samara berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, 
ta‘lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, 
ta‘lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya‘ni: 
-bolaning talabi, moyilligi, istak-hohishi uning imkoniyatlari darajasida 
qondiriladi; 
- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas‘uliyati, javobgarligi oshadi; 
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi; 
- shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini tezroq topib olishi uchun muhit yaratiladi. 
Buning uchun bugun biz o‘quvchiga «sen buni bilishing kerak» degan 
majburlovchi da‘vatdan «menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotga 
qo‘llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga o‘tishimiz 
kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin